So’z birikmasi va gap (2 soat) reja
Download 210.48 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
SO’Z BIRIKMASI VA GAP (2 soat) REJA: 1. Tarixiy sintaksis haqida ma’lumot. 2. So‘z birikmasi. 3. Gap . Таянч сўз ва иборалар: sintaksis, sintaktik kategoriyalar, morfologik kategoriyalar, boshqaruv, bitishuv, moslashuv, yozma adabiy til, gap tuzilishi, gap bo‘laklari, gap, so‘z birikmalari. Hozirgi o ‘zbek tilining so‘z birikmalari, gap bo‘laklari, gap tuzilishi uzoq yillik tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Qadimgi turkiy va so‘nggi davrlar tilining tuzilishi bilan hozirgi zamon tili tuzilishini qiyoslar ekanmiz, yozma adabiy til fonetik , morfologik jihatdangina emas, tuzilish tomonidan ham takomillasha borganini ko‘ramiz. Shunisi muhimki, sintaksisdagi o‘zgarishIar ko‘pincha morfologiya va leksika tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar tufayli ro‘y bergan. Masalan, vosita kelishigining iste’moldan chiqishi so‘zlam ing boshqaruv munosabatini o‘zgartiradi va hol doirasini kengaytiradi. Sifatdosh-predikat bilan subyekt orasida qratqich - egalik aloq si kelib chiqib , subyektning qaratqich kelishigi qo‘shimchasini va sifatdoshning-predikat egalik qo‘shim chasini olishi bunday ergash gaplarning so‘z birikmasiga o ‘tishiga sabab bo‘ladi: men keiganda, mening kelganimda va boshqalar. Demak,sintaktik kategoriyalar tarixi o‘rganilar ekan, morfologik kategoriyalar taraqqiyotiga ham aham iyat berish kerak. Shuningdek, yangi so ‘zlarn in g p aydo b o‘lishi yangi so‘z birikmalarini keltirib chiqaradi. Sintaksis taraq qiyotidagi ikkinchi omil — boshqa tillarning ta ’siridir. Tarixda o‘zbek tiliga, ayniqsa fors-tojik tilining ta’siri sezilarli bo‘lgan. Bu tilnig ta’siri bilan yangi so‘z birikmalari guli’no, la’li Badaxshan kabi) va ergash gaplar (Yüsüf Hojakim, musiqiyda mashhurdur, Andijäniydur(B N ); yana bir jins orük bolurkim, dânasim âlib, ichigà mag‘iz salib quruturlar, subhâniy derlâr, bisyör lazizdur(BN)] vujudga keladi, bog‘Iovchilaming qabul qilinishi bilan (yâ:, yâki, ne kabi) so'zlarni hamda gaplarni biriktirishning yangi usuli kelib chiqdi. Ma’lumki, so‘z birikmalari ikkiga bo‘linadi: tobe birikmalar, teng birikmalar. Teng birikmalarda so‘zlar o‘zaro teng munosabatga kirishsa, tobe birikmalarda so‘zlar o‘zaro tobe-hokim munosabati orqali bog‘lanadi. Tobe birikma tarkibidagi bosh va ergash so‘zlar qanday vositalar bilan bog‘lanishiga qarab, uch turga bo‘linadi: boshqaruv, moslashuv, bitishuv. Bitishuv. Bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar hech qanday grammatik vosita yordamisiz o’zaro birikadilar.Sifat, son, ko’rsatish olmoshi, sifatdosh bilan ot va ot bilan ot, shuningdek , ravishdosh yoki ravish bilan fe’l va ot yoki olmosh bilan fe’l bitishuv aloqasiga kirishadi. Qadimgi turkiy tilda so’zlar, asosan, bitishuv munosabatiga krishgan. Buning sababi so’zlarni o’zaro bog’lashda xizmat qilgan grammtik vositalarning kam bo’lishidir. Grammatik voistalarning qo’llanishi bilan so’zlarning o’zaro aloqaga kirish xarakteri ham o’zgaradi. O’zaro relyativ munosabatda bo’lgan ayrim birikmalarning taraqqiyotida ham tobe so’zning ma’lum forma bilan shakllanishga tomon borganligini ko’ramiz: kular yuz isig so’z ula nang tavar (QB)- molu dunyoni ochiq yuz, issiq so’z bilan ula. Bu jumlada bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar hozirgi o’zbek tilida ko’makchi yordamida boshqaruv yo’li bilan aloqaga kirishadi. (Ochiq yuz bilan ula, issiq so’z bilan ula); yalavach barur er (QB)- elchi bo’lib (elchilikka) boradigan odam. Qag’un buq yerga tushdi (MK)- qovun biq etib yerga tushdi. Bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlarning taraqqiyotidagi ikkinchi hodisa bunday birikmalarning qo’shma so’zga aylanishidir: sakiz on, to’qqiz o’n (qadimgi turkiy til)-sakson, to’qson. Ulug’ turuknung so’zun y (a) qshы ko’rdi (O’N); yaxshi kordi – hozirgi zamon tilida qo’shma fe’ldir. Qadimgi va eski turkiy tilda bir otga bog’langan bitishuv munosabatidagi bo’laklar tarkibi jihatdan sodda-bir yoki ikki aniqlovchidangina iborat bo’ladi. Eski o’zbek tilida esa bunday sifatlovchi bo’laklarning soni ham, tarkibi ham murakkablashadi: past bo’yluq, bo’lma saqallыq, qo’ba yuzluk tanbal kishi. Ma’lum so’z formasining yoki ma’lum forma funksiyasining o’zgarishi ham gap bo’laklari orasidagi sintaktik munosabatni o’zgartiradi. Masalan: astыn, ustin, keyin, yuqaru, tegra, chыnla kabi so’zlar vosita yoki jo’nalish kelishigi shaklida bo’lib, hokim so’z bilan boshqaruv munosabatlarida bo’lgan. Keyinroq bu kelishik formalari o’z funksiyalarini yo’qotgach, hokim so’z bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Bu jarayon mazkur so’zlarda eski turkiy tildayoq ro’y bergan edi. Download 210.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling