So’z birikmasi va gap (2 soat) reja
Download 210.48 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
Boshqaruv. Hokim so ‘zning talabi bilan to b e so‘z biror shaklda bo'lib,
shu grammatik vosita orqali tobe so‘z hokim so‘zga bog‘lanadi. Bunda tobe so‘z k o ‘makchi va ko‘m ak ch i vazifasidagi so‘z bilan birikadi yoki kelishik q o kshim chasini oladi. Odatda, to b e so ‘z ot va ot m a’nosidagi so‘zlardan, ho k im so ‘z esa fe’l va b a’zan belgi bildiruvchi so‘zlaryoki ko‘makchilar bilan ifodalanadi. Til taraqqiyoti natijasida an a shu vositalar o ‘zgaradi, boshqa v o sitalar bilan alm ashadi, n atijad a to b e va h o k im so‘zning gram m atik aloqa xususiyati ham o'zgara boshlaydi. Ko’makchili boshqarish sohasida bo’lgan taraqqiyot ayrim ko’makchi va shu vazifadagi so’zlarning ishlatilmay qolib ketishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Masalan: qadimgi va eski turkiy tillardagi tegu, ashnu, o’tru, taba, basa, uzu, tegra, ara, azыn, qaru ko’makchilari orqali boshqaruv eski o’zbek tilida kam ishlatiladi. Eski o’zbek tilidagi ayru (bizdin ayru), degin, deguncha (yarыm yo’lg’a degin), tegru (kecha tegru), o’tru (anga o’tru), uza kabi ko’makchili boshqaruv hozirgi zamon tilida uchramaydi. bilan // bila ko’makchisi bosh kelishikdagi so’znigina emas, qaratqich kelishigidagi so’zni ham boshqargan. Anыng birla urushdы (MK), Bularnыng bila sen qatыl ham qaril. (QB) Hatto bu ko’makchi eski vosita va o’rin kelishigi formasidagi so’zlarni ham boshqargan: Tunla bila ko’chalim (MK) Tongda bila ko’rsa meni o’rdak. (MK) Naru (narы) va kezin (keyin) ko’makchilari hozirgi zamon tilida chiqish kelishigidagi so’zni boshqarsa, eski turkiy tilda o’rin- payt kelishigi formasidagi so’zni ham boshqara olgan: bu yerdin naru (QB), seningda kezin (QB) Qadimgi va eski turkiy tilda hamda eski o’zbek tilida ko’makchi hisoblangan tek // dek hozirgi o’zbek tilida ravish yasovchi affiksga aylanadi va so’zlarni boshqaruv munosabatiga kiritish vazifasini yo’qotdi. Uchun ko’makchisi eski turkiy tilda jo’nalish kelishigi bilan ham qo’llangan: xalqqa uchun (QB) Boshqa ko’makchilarning boshqarishida deyarli o’zgarish bo’lmadi. Vosita kelishigi eski o’zbek tilida XV asr birinchi yarmigacha qo’llangan. Bu kelishik formasida bo’lgan ayrim so’zlar (qishin-yozin, ostin-ustin) hozirgi zamon tilida vosita kelishigi deb o’qilmaydi. Shuning uchun bu so’zlar hokim so’z bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Xuddi shuningdek, g’aru // garu, qaru formali jo’nalish kelishigi vositasi bilan boshqarish eski turkiy tilda passivlashadi. Eski o’zbek tilida istehmoldan chiqadi. (bu formadagi so’zlar vosita kelishigidagi kabi ravishga o’tadi). Tushum kelishigining -ig // -ug // -g’ // -ыg’ // -ug’ formalari yordami bilan boshqarish ham eski o’zbek tilida iste’moldan chiqadi. Boshqarish munosabatini yuzaga chiargan -da//-ta qo’shimchasi qadimgi turkiy va qisman eski turkiy tilda o’rin-payt va chiqish kelishiklari mazmun munosabatlarini ifodalash uchun xizmat qilgan: Qara ko’lta sungushdimiz(KT), Bu at anda yik (MK) Eski turkiy tilda chiqish munosabatini ifodalash uchun maxsus –-dan, -tan, - dыn, -tыn formasi qo’llana boshlaydi. Shunday qilib, boshqaruv munosabatini ifodalash uchun yangi bir grammatik vosita o’z o’rnini egallaydi. Jo’nalish kelishigi formasi o’rnida tushum kelishigi qo’llangan: Yalыnguq anы tanglashur- xalq unga tang qoladi. (MK) Jo’nalish kelishigi o’rin kelishigi o’rnida va aksincha: Talim bo’lsa erga adash qo’ldashы- yigitda yoru do’stlar ko’p bo’lsa. Tinasi o’g’lы yatыg’ma tag’da tegmish- Tinasi o’g’li yotgan toqqa yetdi (To’nyuquq). Jo’nalish kelishigining chiqish kelishigi o’rnida qo’llanishi: Uyar begimga adыrыltыm, uyar qadashыmqa adыrыltыm-dongdor begimdan ayrildim, mashhur do’stlarimdan ayrildim. Qarы o’kuz balduqa qo’rqmas- qari ho’kiz boltadan qo’rqmaydi (MK) Moslashuv. Moslashuvli so’z birikmasining har ikki komponenti belgili bo’lishi qadimgi turkiy tilda kam qo’llanadi: Turk budunыng elin, to’rusin tuta bermish (KT)- turk xalqining qabila tuzumini va qonun -qoidalarini ular quvvatladilar. Kultegining altunыn, kumushin, ag’ыshыn, barыmыn (KT) -– Kulteginning oltini, kumushi, sovg’alari, molini... Eski turkiy tilning ilk obidalari (QB,MK,HH)da so’z birikmasining birinchi guruhi ko’proq uchraydi:Aning talim yasi tegdi- uning kop zarari tegdi (MK); Maning yo’q saqinchim-Mening g’amim yo’q (QB); Aning atasi- Uning otasi (MK). Eski turkiy va eski o’zbek tilida qaratqichning g’arbiy turkiy formasi ham qo’llanadi: Menim mыng yыl umrыmdыn qыrqыn Dovudg’a bag’ishladim (Rabg’uziy); menim zikrimni (Rabg’uziy), bizing uchun (Bobur). 2.Aniqlovchi belgili bo’lib, aniqlanmish belgisiz ham qo’llangan. Bunday konstruksiyalar asosan qadimgi turkiy va eski turkiy til obidalarida uchraydi: Bizning su (KT); Mening er-mening botirligim (o’rxun-yenisey); beging at (KT);Bu bizning o’z kishi ol (MK) - Bu bizning o’z kishimizdir. Barchыnnыng ko’k kashana- – Barchinning ko’k koshonasi; Tilak yo’q mening (QB); Tavar kiming o’kulsa – Kimning moli ko’paysa (MK). 3.Aniqlovchi belgisiz bo’lib, aniqlanmish belgili bo’ladi. Moslashuvli so’z birikmasining bu turi uchinchi shaxs formasida qo’llanadi va aniqlovchi va aniqlanmish umumiy bir tushunchani ifodalashga yaqinlashadi, aniq qarashlilik ifodalanmaydi. Bunday holat yozma yodgorliklar tilida ham, hozirgi zamon o’zbek tilida ham keng qo’llanadi: Adiblar adibi fazillar bashi (HH);SHaharda qo’ylar pasbanы ul, yazыda qo’ylar shubanы ham ul (Navoiy). Belgilig kishi ornы (QB). Atasы atы Mahmud (H.H) 4.Aniqlovchi ham, aniqlanmish ham belgisiz bo’ladi, ya’ni aniqlovchida qaratqich kelishigi, aniqlanmishda egalik affikslari bo’lmaydi. Bunday holat qadimgi yozma adabiy tilda ko’proq uchraydi. Masalan: Kun o’rtu-kunning o’rtasi (MK), bu iki biriksa bularning ikkisi birlashsa (QB). Izofa.Izofa konstruksiyalari eski o’zbek tilida keng qo’llangan: Haki payi (Lutfiy); Bulbuli gulshan (Qambar o’g ’li); G’unchayi xandan ; Bulbuli bo’stan (Xorazmiy). Shunisi xarakterliki, XVI asr yodnomasi Boburnoma asarida tojikcha izofa juda kam qo’llanadi. Umuman, bu xil izofaning qo’llanishi tobora kamayib boradi. Faqat qo’shma so’zga aylanib, yaxlit bir birikma deb tushuniladigan ayrim tojikcha izofalar saqlanadi, xolos: Dashti qipchaq (Sh. Tar.); a’zoyi badan, ahli ayol guli ra’no. Qadimgi turkiy tilda tojikcha yoki arabcha izofalar uchramaydi. Faqat tojikcha izofaga o’xshash birikmalar borki, ular keyingi davrlarga oid yozma yodgorliklarda butunlay uchramaydi: Ulug’i xatun – xotinlar ulug’i; singari budun- xalqning yarmi. Download 210.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling