She’riyat ixlosmandlari
Download 13.08 Kb.
|
Essey
She’riyat ixlosmandlari. Kirish. XX asr. Ijod kechalarining birida. Adiblar bilan bir dasturxon atrofida. Dilda kechayotgan tuyg’ular bilan yuzma yuz. Sevgi! Sening shirin tilingdan Kim o’pmagan, kim tishlamagan? Darding yoyday tilib ko’ksidan, Kim qalbidan qonlar to’kmagan? Otashin shoirning sodda, oddiy, ravon va jozibador bu bitiklari kishini qalbidan chuqur o’rin oladi. Shoir nodir este’dodini shu oddiy bitiklarda ochiq-oydin namoyon qilgan. Alanga olgan ilhomini jilovlamagan. Asosiy qism. Betakror siymo, navqiron shoir Usmon Nosir ijodi, she’rlari, asarlari, hikoyalari, monologlarida yurak faryodi, asl tuyg’ulari, porloq fikrlarini ifoda etgan. U o’zining izlovchan fikri, shoirlik iste’dodi va sho’x tabiati bilan ajralib turgan. Nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o’zlashtirgan. O’zligini, millatini, ma’naviyatini chuqur hurmat qilgan. Xulosa. Shoir ijodi, iste’dodi o’z davrida hurmat qilinmagan. Millatchilikda, turli xil tuxmat bo’xtonlarda ayblangan. Xalq dushmaniga chiqarilgan. Shoir 32 yil yashagan bo’lsa, shuning atigi 7 yilginasini erkin ijod qildi. Shunday bo’lsada lekin xalqimizga ulkan meros qoldirdi. Men shunday xulosaga keldimki, shoirning o’zbek she’riyati sahifalariga muhrlangan betakror lirikasi, samoviy tuyg’ularga yo’g’rilgan yangroq ovozi tog’ning musaffo jilg’alaridek jaranglab turadi. Shoirning ijodi adabiyotimiz osmonida zamonlar osha nur sochaveradi. Download 13.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling