topilavermaydi. Masalan, oddiy ovqatlanish madaniyatini
olaylik. Hamma oila a’zolari jam bo‘lgandan so‘ng dastur-
xonga taom tortiladi, so‘ng taomga birinchi bo‘lib oilaning
kattasi buva, buvi, ota ketma-ketligida taomga qo‘l uzatiladi.
Oddiy kundalik davom etadigan bu jarayonda ham kattalami
hurmat qilishga, sabr-qanoatli bo‘lishga undaladi. Shuning
uchun milliy istiqlol g‘oyasini aholi ongiga singdirishni eng,
awalo, oiladan boshlash, oilaning etnopsixologik xususiyat-
larini oila a’zolari ongiga sog‘lom fikrlami singdirishni doimo
tadqiq kilish kerak.
Mamlakatimizda yana bir jamoatchilik markazi borki, bu
ijtimoiy insitut orqali millatni o‘iganish mumkin, bu
mahal-
ladir.
Jamiyat qurilishi tizimini mustahkam poydevorini
yaratishda mahallaning o‘mi katta va bu o‘zini-o‘zi bosh-
qaruv ijtimoiy tizim sifatida kishilaming turli xil faoliyat-
larini, ulardagi tashabbuskorlikni va takliflami inobotga olgan
holda qonunlami tezda amalga oshishini ta’minlaydi.
Mahallaning bugungi kundagi ijtimoiy holatiga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, u
birinchidan,
oila muhofazasi,
ikkin-
chidan,
obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish,
uchinchidan
ijtimoiy himoyaga faol ishtirok etish,
to‘rtinchidan,
ma’naviy
va ijtimoiy huquqni shakllantirish,
beshinchidan,
siyosiy
faollikni oshirish va boshqa vazifalami o‘z ichiga qamrab
oladi. Demak, mahalla-insonlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga
molik bo'lgan o‘ziga xos maskandir. Shuning uchun bizning
xalqimizning azaliy jamoa yashash tarzlaridan biri bo'lgan
Download Do'stlaringiz bilan baham: |