O„zbekiston Respublikasi Axborot Texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Download 306.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishi Bajardi : Sharipova.G Qabul qildi : Xudoyqulov.A
O„zbekiston Respublikasi Axborot Texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al- Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari Universiteti Qarshi filiali TT 12-22(s) guruh 1- Bosqich Sharipova Gulnozaning “ Dinshunoslik “ fanidan Mustaqil ishi Bajardi : Sharipova.G Qabul qildi : Xudoyqulov.A Mavzu: Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi. REJA: 1. Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari. 2. Diniy marosimlarning yoritilishi. 3. Asariarda qadim xalqlarning taqvim sistemalari. 4. Xulosa Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi “Al osor al-boqiya an al- qurun al-xoliya” bo„lib, Yevropada “Xronologiya”, o„zbek sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda yozib tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko„rsatdi va unga bu asari juda katta shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O„rta Osiy xalqlari, ularning madaniyati va tarixini o„rganishda juda muhim ahamiyatga egadir. Beruniy turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga sazovor fikr-mulohazalar bildirgan. Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma‟lumotlar keltirib o„tilgan. Muallif asarida o„ziga ma‟lum bo„lgan xalqlarning[1] yil taqvimlari,rasm- rusumlari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Jumladan, rimliklarda achchiq va sho„r narsalarni faqatgina belgilangan ma‟lum kunlarda tanovvul qilinishi, qon olishishlari sovuq kunlarda amalga oshirilmasligi, Dumat at-Jantal shahridagi bir bozorda savdo ishlari toshlar orqali amalga oshirilishi, al-Mashakkar shahridagi bozorda esa faqatgina quloqqa gapirib savdo qilinish mumkinligi to„g„risidagi ko„plab qiziq ma‟lumotlarni bayon qilgan.[2] Bayram va marosimlar to„g„risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari ikki hil bo„lganligini, ya‟ni birinchisi, tabiat voqea xodisalari bilan bog„liqlari: yil boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog„liq non yeyish kuni, Mina kechasi[3]kabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o„tkazilgan diniy marosimlar: arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo„yish marosimi va shu kabilar to„g„risida ma‟lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o„zi ham hayitlarni ikki guruhga bo„lish lozimligini yozib o„tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko„ra ushbu hayit kunlari podshoh va raislar o„zlari uchun marosimlar o„tkazganlar hamda ular orqali nafslarini sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor bo„lganlar, o„z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va kambag„allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan qutqaruvchi sabablarning biri bo„lgan. Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o„tilgan sabablarga o„xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o„tkazilgan. Bayramlarning eng ulug„i Navro„z hisoblanib, u deyarli hamma xalqlarda nishonlangan. Olimning yozishicha ushbu bayramning nishonlanish sabablari turli xalqlarda turli xil afsonalar bilan bog„langan. Qadimgi Eron afsonalariga ko„ra quyosh bilan farishtalar shu kuni yaratilgani va ushbu kun hayotning birinchi kuni hisoblangani uchun podshohlar ham bu kunni ulug„laganlar. Eron afsungarlari esa “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin uch qoshiq asal yalab, uch bo„lak mum tutatsa, bu ko„p kasalliklarga shifo bo„ladi” deb hisoblashgan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasini o„rganishda ham muhim va birinchi darajali manba hisoblanadi. Ammo bu asar olim uchun yot bo„lgan sof arab tilida yozilganligi, hamda arab imlosi bo„yicha qisqa unli tovushlari ko„pgina hollarda belgilanmaganligi uchun ham mavjud tekstlarda bu oylarning nomlari juda buzib berilgan. Asaring 1968 yilgi o„zbek tilida chop etilgan nusxasida yozilishicha, mavjud materiallar bo„yicha ularni to„g„ri talaffuzini aniqlash imkoni bo„lmagan, kun nomlari shartli ravishda yozib ko„rsatilgan. Shubhali o„rinlarda esa unli tovushlar o„rniga chiziqcha yoki umuman undosh harflarni yozish bilangina kifoyalanilgan. Asarda qadim xalqlarning taqvim sistemalari, ulardagi ba‟zi muammolar va ularning hal qilinish yo„llari to„g„risida ham bir qancha ma‟lumotlar berib o„tilgan. Olim asarni yozar ekan, barcha xalqlar sistemasida bir yil 12 oydan iborat ekanligini ta‟kidlab o„tadi. Jumladan, u yozadi: “Xudo osmon va yerni yaratgan kundan beri oylar soni 12 ta Xudoning kitobida shu”. Eron taqvimi ham xuddi shu tartibda: bir yil 12 oydan, kunlar majmui 365 kundan iborat bo„lgan. Asarda keltirilishicha har 120 yilda yil oylari 13 ta bo„lib, bu yil “kabisa yili” deb, ortiqcha oy kunlarini esa qolgan navbatdagi oylar (kunlari) nomi bilan ataganlar. Beruniy o„z asarida xalqlar etnografiyasi, yil taqvimlari haqida yozar ekan, har bir oy va unda nishonlanadigan Hayit hamda bayram kunlari to„g„risida to„xtalib o„tadi. Jumladan, olim xalqlarning bayramlari sabablarini turli vaqtlarda kelib chiqqan afsona va rivoyatlari orqali misollar keltirish yo„li bilan tushuntirishga harakat qiladi. Uning yozishicha yilning birinchi oyi farvardin moh hisoblanib, ushbu oyning birinchi kuni Navro'z bayrami shonlanadi. Olim Navro'z haqida yozar ekan eronliklar orasida ushbu kun bilan bog„liq turli afsonalar mavjudligini, u o„z asarida faqat haqiqatga yaqin deb bilganlari keltirib o„tayotganini ta‟kidlaydi. Download 306.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling