Oila pedagogikasi
Ota-onalar o ‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Ota-onalar o ‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar.
Ota-onalar o‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar - bu ota-onalar tomonidan bola tarbiyasiga turlicha yondashuvdir. Mojaroli vaziyatlami hal etish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak. Ota-onalarni birinchi vazifasi - umumiy qarorga kelish, bir-birini ishontirishdir, agar ota yoki ona biror-bir qaromi qabul qilishdan oldin ikkinchi tomonni fikrini ham hisobga olishi lozim. Ota-onalarni ikkinchi vazifasi-bola ota-onalarini qarash- larida qarshilikni ko‘rmasligi kerak, muammolami alohida muhokama qilish zarur. Bola juda tez aytgan fikrlami o‘zlashtiradi va o‘ziga xos holda ulardan foydalanadi. Ota-onalar qaror qabul qilishda birinchi o‘ringa o‘zlarini qarashlarini emas, balki bolaga foyda keltirishni о‘ yl ash lari kerak. Kattalar va bolalar o‘rtasidagi muloqotda quyidagilarga amal qilish lozim. 1. Bolani qanday bo‘lsa, shunday holda qabul qilish kerak. 2. Kattalar bolalar ko‘zi bilan muammolarga qarashlari va ulami holatlarini qilishlari kerak. Ota-onalar farzandlarini, ulami hech narsaga (hunukligi, sho‘xligi, epchil emasligiga) masdan yaxshi ko‘radilar. Bola qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinadi. Agar bola ota-onalami xohish va istaklariga mos bo‘lsa ya’ni yaxshi o‘qisa, a’lo xulqli bo‘lsa, agarda bola ota- onalami talabalariga javob bermasa, bunda bolalami ota- onalar o‘zlaridan uzoqlashtiradilar va ulami munosabatlari yomon tomonga o‘zgara boradi. Bu esa sezilarli qiyinchiliklami keltirib chiqaradi, bola ota-onalariga ulami mehribonliklariga ishonmaydi. Ayrim oilalarda bola ota-ona tomonidan umuman qabul qilinmaydi. Ular bolaga nisbatan befarq bo‘ladilar va uni o'zlaridan itaradilar (masalan: ichkilikka berilgan oila). Lekin yaxshi tinch oilalarda ham bolaga nisbatan befarqlik holatlari uchraydi (masalan: kutilmagan farzandni tug‘ilishi, ona chiroyli lekin qizi xunuk bu esa onani g‘ashiga tegadi). Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-ona- laming xaddan tashqari obro‘ talabliklari, hukmronlikka intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazorat ostiga olinsa, uning hulqidagi mustaqillik yo‘qqa chiqariladi. Bolada o‘z kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo‘qoladi. Ichki istak va intilishlar shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan boshlab turadi. 118 Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan yana bin, bolalaming erka bo‘lishi, ularga nisbatan biror talabning yo‘qligi bilan bog‘liq. Bu holda ota-onalar ba’zan bolalaming imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ulaming ko‘pgina islilarini o‘zlari bajarishadi. Natijada, bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga. mas’uliyat hissi rivojlanmaydi. Bola o‘z ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha yetkaza olmaydi, erksiz bo‘lib qoladi. Qiyinchiliklaming yana biri shundan iboratki, ota-onalar taibiyada hamma narsa sababli va shartli ekanligini, tarbiya uzoq jarayon bo‘lib, bu jarayonda bir qator o‘zaro uzoq jarayon bo‘lib, bu jarayonda bir qator o'zaro bog‘liq bo‘g‘in, vosita va uslublar bo‘lib, ulardagi biror bo‘g‘inning tushib qolishi tufayli jarayonning normal o‘tishi bo‘zilishi va tarbiya natijasi buzilishini tushunmaydi. Ota-onalar bu holning muhimligini hisobga olmay, ko'pincha, bola «birdan» buzilib qoldi, deb arz qiladilar. Bolalami oiladagi tarbiyasidagi xatolaming bir turi ona yoki ota, buvi, buva va boshqalar tomonidan tarbiyada yagona talabalaming yo‘qligidir. Bun- day oilalarda bolalar kattalaming qarama-qarshi fikrlariga moslashishga harakat qiladi. Bu esa bolada ikkiyuzlamachilik, xushomadgo‘ylik va shu kabi salbiy xislatlaming shaklla- nishiga sabab bo‘ladi. Oilada bola shaxsini shakllantirishda oila boshliqlari bilan bolalaming o‘zaro yaxshi munosabati, xonadon qarichlariga hurmat, e’tibor, oiladagi bolalaming o‘zaro munosabatlari to‘g‘ri tarbiyalangani ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o‘matilgan to‘g‘ri tartib va yaxshi odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy hayot hodisalargia to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari muhimdir. 119 Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati, o‘z- larini tuta bilishlari muhimdir, oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichik- lami avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollami izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo‘lishni o‘rgatish otaning muhim vazifasi. Odatda, o‘g‘il bola otasiga, qizlar esa onasiga o‘xshashga, ulardagi yaxshi xislatlami o‘ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, ona ham, bolani tarbiyalashga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ona g‘amxo‘r, mehribon, ko‘ngilchan bo‘lsa, ota - kuch qudrat, jasurlik, qattiqqo‘llik, bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg‘ursa, ona — yurish-turish, muomala, his tuyg‘u, nafosat uchun tashvishlanadi. Ota ham ona ham bolaning aqliy, axloqiy jismoniy kamoloti uchun baravar javobgar, chunki, ulaming birdan-bir maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Bola shaxsini shakllanishida sog‘lom oilaviy muhit katta ahamiyatga egadir. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va vafo-sadoqat bolalar quvnoq, xushchaq- chaq o‘sishIariga, normal tarbiyalanishlariga, xonadonda sog‘lom muhit yaratilishiga bevosita ta’sir kocrsatadi. Oila a’zolari hurmatini o‘miga qo'yishlari, bir-birlari uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko'tarinki ruh hukmron bo‘lsa, oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Qaysi olida nohaqlik, qo‘pollik, do‘q po'pisa, asabiylik, hukmron ekan, unda halovat ham bo‘lmaydi. Oiladagi arzimagan janjal ham dastawal bolalaming psixik holatiga ta’sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo'lishiga olib 120 keladi. Bolalar ulg‘aygach, ular ham qush uyasida ko‘rganini qiladi qabilida ish tutishadi. Ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro‘larini tu- shirmasligi, oilaviy nizolami bola yo‘q vaqtida bartaraf etishlari shart. Bola yomon yoki yaxshi hulqli, fe’l atvorli bo‘lib tug‘ilishmaydi. Uning o‘sib borishi jarayonida oila muhiti, ota-onaning, kishilaming, atrof-muhitdagi munosa- batlaming ta’siri hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oiladagi totuvlik, hamjihatlik, bu o‘zaro hurmat va yordam, shirinsuhanlik, mehnat-sevarlik va to'g'rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling