Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
0 ‘yin qoidalari.
1. Dasta bilan chillakni ko‘tarib, tashlanganda chillak dastaga 3 martadan kam tegmasligi kerak. 2. Ishtirokchilar chillakni yerda yotgan dastaga tashlayotganda o‘yinni boshlash chizig‘ini bosmasligi kerak. 3. 0 ‘yinchi belgilangan masofani chopib o'tishdan bosh tortsa, u ashula aytib yoki o‘ynab berishi, she’r o‘qib berishi ham mumkin. 4. Nafas olish bilan bog‘liq tushunmovchilik kelib chiqmasligi uchun yugurayotgan o‘yinchi qo‘ng‘izning zizlashiga o‘xshash ovoz chiqarib yugurishi lozim. Bu o‘yinda: qat’iyatlilik va iroda sifatlari tarbiyalanadi va mustahkamlanadi. 201 VII bob. Oilada bolalarni mehnatga o‘rgatish Vatanimiz xalqlari jamiyat qurishning aniq vazifalami hal qilishga zo‘r g'ayrat va shijoat bilan kirishdilar. «Jamiyat barcha a’zolaming ongi va madaniyatini o‘stirmasdan turib, eng yuqori darajadagi mehnat unumdorligini vujudga keltirishga, ijtimoiy munosabatlami rivojlantirishga va tunnush qoidalarini o‘rnatishga erishib bo‘lmaydi. Jamiyat a’zolarining ongliligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ulaming ijodiy aktivligi qanchalik to‘la va keng ko‘lamda avj olsa biz «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur mohiyatini tez va muvaffaqiyatli amalga oshiramiz» Mehnat - insonning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, hayot kechirishining asosiy shartidir. Mehnat tufayli inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini amalga oshiradi. Insonninng o‘zi esa mehnatkash bo‘lib, u tufayli o‘zining iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, o‘z-o‘zini jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib boradi. Har bir inson u yoki bu kasbini yoki bir necha kasb - hunami egallashi mumkin. «Bir yigitga qirq hunar ham oz» degan maqolning mazmunida ham bir necha kasbni egallash hayotiy ehtiyoj ekanligiga ishora etiladi. Har bir kasbning, hunaming o‘ziga hos mashaqqati va lazzati bor. Uning 202 mashaqqatini matonat, tinimsiz izlanish, sabr-toqat bilan yenggan insongina uning lazzatidan bahra oladi. Yoshlikda puxta egallagan hunar, mehnat malakalari inson umrining oxirigacha rohat - farog‘atda turmush kechirishning garovidir. «Hunarli yer hor bo‘lmas, burda nonga zor bo'lmas», «Hunarmandning noni butun», «Hunar zar hunarsiz xar» (xar - eshak). «Bilgan bilar, bilmagan yitar», «Hunarli yigit mevali daraxt» kabi maqollarda ham rizq-nasibaning butunligi hunar orqasidan bo‘lishiga ishora etiladi. Hunar shunchalik katta, mangu boylikki, uni o‘g‘irlash ham, yondirish ham yo‘q qilish ham mumkin emas. Oilada yoshlaming kasb-hunar egallashlari, mehnatsevar bo‘lib tarbiyalashlarida ustoz shogird an’analariga rioya etmoq zarur. Chunki ustoz ko‘rmagan hunarmandning ishida unum bo'lmaydi. Hunaming sir asrorlarini mukammal bilmaydi, yaratgan mahsulotining sifati yomon yoki xari- dorgir bo‘lmaydi. Oilada farzandning u yoki bu hunaming egallashida birinchi ustoz ota-onadir. Ota-onadan o‘zi sevgan hunar haqida dastlabki ma’lumotni olgan farzand, albatta, shu hunaming mohir ustasidan ta’limni olmog‘i zarur. Xalqimiz aytganidek: «Ustoz ko'rmagan shogird ming maqomga yo‘rg‘alar». Ustozni shogirdga nisbatan qattiqqo'lligi, talabchanligi, rag‘batlantirishi yoki jazolashi uning kelajakda mohir hunar sohibi bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shogirdga nisbatan o‘ta mehribonlik ayash yuz-xotirchilik uni o ‘rta- miyona hunarmand qilib qo'yadi. Shuning uchun ustoz o‘zida mavjud bilimni shogirdi ongiga sabr — toqat bilan singdirishi, o‘zidan so‘ng uning hunarini davom ettiruvchi haqiqiy shogird yetishtirishga harakat qilmog‘i lozim. 203 Hunar egallagan mehnatdan bo‘yin tovlamaydigan odam jamiyatda qadr topadi. Xalq ichida obro‘ e’tibor mansab pillapoyalariga chiqish ham halol mehnat, hunar sirlarini mukammal egallash natijasidir. Shuning uchun ham xalqimiz «Mehnat qilgan» elga aziz deydilar. O'zbek xalqi azal-azaldan kasb-hunari, mehnatsevarligi, halol va pokligi bilan dunyo miqyosida tanilib kelmoqda. Xalqimizning zargarlik, naqqoshlik, duradgorlik, sartaroshlik, o‘ymakorlik, kulolchilik, bog‘bonlik, chorvadorlik, chevarlik, kashtado'zlik, to'quvchilik, do‘ppido‘zlik, ganchkorlik, sandiqsozlik, beshiksozlik etikdo‘zlik va boshqa yuzlab hunar mahsulotlari o'zining betakrorligi, go'zalligi maftunkorligi bilan dunyo xalqlarini lol qldirib kelmoqda. Dunyoga mashhur hunarmand ustalar tarbiyalab yetish- tirishda, hunarmandlar sulolalarining umiboqiyligini tarbiya lashda ota-ona, oilaning roli kattadir. Oilada tarbiyalanayot- gan har bir jinsdagi farzandga o‘ziga xos va mos hunar ilmi- ni o‘rganish ulaming kelgusi farovon turmushini ta’minlash demakdir. 0 ‘g‘il bola qadim-qadimdan chorvachilik, deh- qonchilik, duradgorlik, sartaroshlik, pichoqchilik, bog‘bonlik, etikdo‘zlik mao‘zlik kabi og‘ir jismoniy mehnat talab etuvchi hunar bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, qizlar kashtachilik, do‘ppido‘zlik, jiyakdo‘zlik, tikuvchilik kabi nafis did, mahorat san’at talab etadigan hunar bilan mashg‘ul bo‘l- ganlar. Oilada ota-onaning ham farzand oldidagi asosiy burchlaridan bin unga kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir. Yoshlami turmushga tayyorlashning asosiy mezoni ham ularga kasb-hunar sirlarini puxta o'rgatishdan iborat bo‘lgan. Ushbu mezon mustaqillik sharoitida ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilin gan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun», «Kadarlar tayyorlash 204 bo‘yicha Milliy dastur» mohiyatida ham yosh avlodni mehnatsevar, bir necha kasb-hunar sirlarini egallagan, ma’ naviy va jismoniy barkamol kishilar qilib tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bozor iqtisodi sharoitida hunarli bo‘lish hayotiy ehtiyojdir. Uni qunt bilan egailashda oila, mahalla, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidan katta mas’uliyat talab etiladi. Inson hayotida zarur bo‘lgan barcha hunarlami farzandlaiga o‘rgatish ota-ona uchun ham farz ham qarzdir. Sharq alloma zamonlaridan Unsurul- maoiliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida shunday misollami keltiradi: «Men o‘n yoshimda erkonda mening bir hojibim bor edi, unga Manzar sohib der edilar. U1 ot minmak ilmin yaxshi bilur erdi va Rayxon otliq bir xodimi bor erdi. Otam meni ul ikkoviga topshirdi toki ular menga otda yurmoq, nayza urmoq, zavbin otmoq, chavgon urmoq, kamand tashlamoq, ilmini o‘igatg‘aylar». Men ulaming yonida yurib, biroz fursatda ot ustida yurishning barcha ilmini o‘rgandim va hunarlarini bildim. Undan so‘ng Manzar sohib va Rayhon xodim mening otamning oldiga olib borib dedilar. «Ey, amir, agar ruxsat bersangiz erta tongda sahroda farzandingiz amirzoda o‘ynasa, siz uning barcha o‘igang‘on ishlarini ko'rsangiz». Amir «Ko‘p yaxshi bo‘lur!» dedi. Men ikkinchi kun har na bilagon ilmim va hunarimni otamga namoyish qildim, otam hojib va xodimg‘a yaxshi xil’atlar in’om qildi. Undan so‘ng ularga dedi: «Farzandim o‘rgatg‘on ishla- ringizni barchasini yaxshi bilibdur, hunarlaming yaxshisin o‘igatmishsizlar, lekin yana bir zarur hunar olibdur. Ular debdilar: «Ul na hunardir?» Otam dedi: «Bu o‘rgatg‘on hunarlaringizni zarur vaqtda farzandim uchun boshqalar ham qila olur, lekin uning o‘zi qiladurg‘on, uning uchun 205 boshqalar qila olmaydirg‘on hunar qolibdur». Ular «U1 qaysi hunar?» debdilar. Amir: «Suvda yuzmakdurkim, bunday ishni farzandim uchun hamma odamlar qila olmas», - dedi. Shundan keyin ikki mallohni, ya’ni ikki kemachini kelturib, meni ularga topshirdi. Ular menga yuzmak hunarini o'rgatdilar. Men karrbich (hurram nohurramlik bilan) bila ul ishga mashg‘ul bo‘ldim va yaxshi o‘rgandim. Bir vaqt bir necha kishi bilan kemaga kirib (o‘tirib) Dajla daryosidan o‘tar bo‘ldik: Tog‘girga otlig‘ joyda girdob bor edi va xavflik joy erdi. Ustoz kemachilar undan ko‘p mashaqqatlar bila o'tar edilar. Biz kema bilan o‘sha joyga yetushdik. Ammo kemachi usta ermas edi va kemani nechuk surami bilmadi. Alqissa, yegirma yetti chog‘lik kishi barcha birdan g‘ark bo‘ldik. Ammo men va yana bir kishi, ya’ni mening g'ulomim, uni ziyrak Kaykovus der edilar, suzub chiqdik. Bu voqeadan so‘ng otamning mehri ko‘nglumda behad ziyoda bo‘ldi... Men otamning boshig‘a ham shunday ish tush- g‘onini bilmas erdim. Shuning uchun menga yuzmak hunarini o‘rgatg‘on erkan». Demak, hunar tanlash va uning sirlarini mukammal egallashda ota-ona birinchi ustozdir. Albatta, bola egal- laydigan hunar uning jinsi, qiziqishi, iqtidori, qobiliyati, salo- matligi, oila va jamiyat ehtiyojlariga mos bo‘lmog‘i zarur. Kasb-hunar tanlashda bolaning o‘ziga ham erkinlik bermoq kerak. Shundagina o‘zi sevib egallagan kasb-hunarga mehr qo'yadi, mehnati qanchalik og‘ir boUsada, charchamaydi, nolimaydi, mehnatning qadriga yetadi, o‘zgalar mehnatini hurmat qiladi, mashaqqat bilan halol mehnat evaziga topilgan boy- likni o'ylab, tejamkorlik bilan, rejali sarflaydi. Hayotda ba’zi shunday ota-onalar ham uchraydiki, farzandning mayli, qobiliyati, qiziqishini hisobga olmasdan, 206 uni o‘zlari ma’qul ko‘igan kasbni egallashga majbur qiladilar Ayniqsa, bu holat mustabid tuzumda tabiiy holga aylanib qolgan edi. Ota-ona farzandni kasb-hunar bilim yurtlarida ota-bobolarining hunarmandchilik kasblarini o‘rganishlariga yo‘l qo‘ymas, balki keyinchalik «yog‘li joylarda» ishlashi mumkin bo'lgan, oliy ma’lumot olgunicha qo‘Uab, suyab yuradigan tanish-bilish, oshna-og‘aynisi bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga majburan kiritgan. Natijada, oliy dargohni xo- hishsiz, qiziqishsiz bitirgan mutaxassis o‘z kasbi bo'yicha chuqur bilimsiz, layoqatsiz bo‘lib, ota-ona hurmati uchun shunchaki mehnat qiladi yoki umuman boshqa soha bo'yicha ishlaydi. U qilgan mehnatida unum va sifat bo‘lmaydi Bunday mutaxassisdan jamiyat ham, oila ham manfaat ko‘rmaydi. Hunaming yaxshi yomoni bo‘lmaydi, muhimi tanlangan kasb hunaiga mehr-muhabbat qo‘yishdir, uning sir-asrorlarini chuqur o‘rganishga intilishdir. Ota-onaning boyligi, Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling