Oila pedagogikasi


Ota-onalar uchun tavsiya etiladigan milliy harakatli

bet98/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ota-onalar uchun tavsiya etiladigan milliy harakatli 
o‘yinlar «Qopqon»
О‘yin tavsifi. 
Barcha o‘yinchilar ikki guruhga bo‘lina- 
dilar. Birinchi guruhdagilar aylana bo‘lib tiziladilar, bu 
«Qopqon» bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagilar «Sich- 
qon»lar bo‘lib, aylana tashqarisida turadilar.
«Qopqon» guruhidagi bolalar qo‘l ushlashib, quyidagi 
so‘zlami aytib, aylana bo'ylab yuradilar:
Voy qurg‘urlar, bu sichqonlar,
Ochofatlar jonga tegdi.
195


Q om i to ‘yar, to ‘ymas ko‘zi —
Nima ko‘rsa — shuni yeydi.
Shoshmang sizlar, badnafs zotlar,
Qo‘lga tushmayin qolmassiz.
Uyangizga qo‘ydik «qopqon»,
Hammangizni tez ushlarmiz!
Ular she’ming so‘nggi satrini o‘qib bo‘lgach, turgan 
joylarida to‘xtaydilar bir-birlarining qo‘llarini qo‘yib yubor- 
magan holda uni yuqoriga ko‘taradilar. Paytdan foydalanib
«Sichqon»lar, 
«Qopqon» 
ichiga 
kirib 
chiqib, 
qocha 
boshlaydilar. Shu vaqt rahbaming «Qopqon yopildi» ishorasi 
bilan aylana hosil qilib turgan o ‘yinchiIar cho‘qqayib 
o‘tiradilar qo‘llarini pastga tushiradilar. Bu holat «Qopqon» 
yopilganini bildiradi. Shunda aylana ichidan chiqolmay 
qolgan «Sichqon»lar tutilgan hisoblanadilar. 0 ‘yin hamma 
«Sichqon»lar «Qopqon»ga tushgunicha davom etadi. So'ngra 
ikkala guruhdagilar o‘rin almashadilar va o‘yin takrorlanadi. 
0 ‘yin qoidalari: 1. Ko‘tarilgan qo‘llarni faqat «Qopqon 
yopildi» ishorasidan keyin tushirish mumkin. 2. «Qopqon 
yopilgan»dan so‘ng, aylanani yorib chiqish yoki qo‘llar 
tagidan o‘tib ketish ham mumkin emas.
Metodik ko'rsatmalar: 
Ota-ona 
«Qopqon 
yopildi» 
ishorasini o‘z vaqtida berish uchun «Sichqon»laming 
«Qopqon»dan qanday yugurib chiqayotganini diqqat bilan 
kuzatib turishi, shuningdek, «Qopqon»dan qochib chiqishga 
yuragi betlamayofgan «Sichqon»larga dalda berishi lozim. 
0 ‘yinni qiziqarliroq o‘tkazish uchun aytiladigan so'zlarni 
o‘yinchilarga oldinroq yodlatib qo‘yish lozim.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling