Oila pedagogikasi


lari juda tekis, ravon, bir-biriga monand, samimiy kechadi

bet144/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

lari juda tekis, ravon, bir-biriga monand, samimiy kechadi. 
Oila muhitida, yaxshi ijobiy munosabatlar doirasida kechgan 
bog'liqlik bilan ota-onasiz o‘sgan yetimxonadagi bolalardagi 
bog'liqlik o‘iganilganda, ayni xavfsiz bog'liqlik borasida ular 
o'rtasida katta tafovut borligi isbotlangan1.
Shunday qilib, onaning bolani normal psixik taraq- 
qiyotida roli ulkan. Bu ta’sir bolaning chaqaloqlikdan keyingi 
davrlarida ham o'z kuchini saqlab qoladi.
Onalik xulq-atvorimng shakllanishi. 
Olimlar ontogenetik 
taraqqiyot davrida yaxshi ona bo'lishga sabab bo'luvchi qator 
omillar qatorida qiz bolaning o'z onasi bilan yoshligidan 
boshidan kechirgan muloqot tajribasini, oilasida onaga va 
onalikka munosabat xususiyatlarini, o'z oilasida kichkina 
bolalar bilan muloqot tajribasi borligini inobatga oladilar 
(Filippova G.G., 1999)2.
Bu jarayonda qizchaning ona tomonidan qanday tarbiya- 
langanligidan tashqari, muayyan madaniy manbalar bilan 
tanishligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, onasidan 
qanday ertaklar eshitgani yoki qanday o'yinchoqlar o'ynagani 
bevosita uning kelajakda qanday ona bo'lishiga ta’sir etadi. 
Masalan, yoshligidan mehribon ona haqida eshitganlarini,
1 Авдеева H.H., Хаймовская H.A. Зависимость типа при­
вязанности ребёнка к взрослому от особенностей их взаимодействия (в 
семье и Доме ребёнка) // Психологический журнал. 1999. Т. 20, № 1.
2 Филлипова Г.Г. Материнство: Сравнительно-психологический 
подход // Психологический журнал. 1999. Т. 20, № 5.
326


ertak holida bo‘Isa ham yovuz kampirlar, yalmog‘iz ayollar, 
o‘gay onalar haqida eshitganlari bilan to‘g‘ri solishtirish tajri- 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling