Oila pedagogikasi


larda bola hattoki, nobud ham bo‘ladi. Masalan, chaqaloq

bet146/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

327


larda bola hattoki, nobud ham bo‘ladi. Masalan, chaqaloq 
tug‘ilgach, xasta boigani uchun uning uzoq vaqt mobaynida 
kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bo‘- 
ladi. Bu orada unda onalik mehri uyg‘onmaydi, u yangi 
chaqaloqqa befarq bo‘lib qoladi. Buning oqibatlari qanchalik 
og‘ir bo‘lishi onaning yoshiga va ayriliqning muddatiga 
bog‘liq. Agar shunga o‘xshash holatni boshidan kechirgan 
ona juda yosh bo‘Isa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jid- 
diy asoratlar qoladi, u o‘z xulq-atvorini nazorat qila olmay- 
digan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, o‘z joniga qasd 
qilishga ham moyilligi yuqori bo‘lib voyaga yetadi.
Ona bolaning yonida bo‘la turib, undan yashirin tarzda 
voz kechgan holatda ham bolada nevrotik xususiyatlar rivoj- 
lanadi, ayniqsa, bola shaxslararo munosabatlarda no‘noq, 
urushqoq bo‘lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, ijtimoiy- 
lashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ко‘rib tur- 
ganimizdek, onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiq- 
bolini, shakllanajak ijobiy fazilatlari, jamiyatdagi o‘mi va 
nufuzini belgilovchi muhim omildir.
Otalik psixologiyasi
onalik psixologiyasiga nisbatan kam 
o‘rganilgan soha. Otalar xulqini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 
ular ham g‘amxo‘rlik va samimiylik jihatidan ayollardan kam 
emas, kerak bo‘lsa, ulardan ham mehribon bo‘lishlari mum- 
kin. Dastlab ota ham, ona ham bolaga nisbatan bir xil 
mehribonlik timsolida namoyon bo‘lgani uchun, ular o‘rtasi- 
dagi farqni chaqaloq deyarli his etmaydi. Bir yoshga to‘lgach, 
bola otasini alohida mustaqil shaxs sifatida idrok eta bosh- 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling