hulqini, o ‘z salomatligini asrash zarurligi, u birinchi navbatda
1 Barcha empirik m a’lumotlar batafsil Markazning 2004-yilgi hisobotda
ko‘rsatilgan.
84
ona ekanligi, ya \ш, ftayot manbayi hisoblanishi uqtiriladi.
Jumladan, Niso surasida ayol beqiyos ulug‘langan.
Isiom boshqa jahon dinlari orasida davlat va huquqqa
nisbatan juda ham yaqin aloqada bo‘lib, bu shariat shaldida
mavjud bog‘liqlikning uzviyligini ta’minlashga xizmat qil-
moqda. Islom davlat dini hisoblangan ko‘pgina mamla-
katlarda huquqiy qonunlar shariat asosida chiqarilib, qur’on
bilan ichilgan qasamni buzish katta gunohi azim va jinoyat
hisoblanadi. Qur’on va hadislarga tayangan holda shariat
qonunlari oila va jamiyat, mol-mulkka egalik, jinoyat
huquqi, xazina-soliq va moliyaviy tartib va hokazolami
boshqaradi.
Shariat so‘zi aslida arabchadan olingan bo‘lib, uning
lug'aviy ma’nosi to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik, de-
makdir.
Shariat musulmonlaming huquqiy hayotidan tashqari
ulaming axloqiy va diniy marosimchilik talablarining maj-
muyini ham o‘z ichiga oladi. Islomdagi diniy-huquqiy
mazhablar va ulaming asoschilari, himoyachi-oqlovchi (ad-
vokat)larga oid tartib-qoidalar, qozilar faoliyatining tashkiliy
va tartib qoidalari, qasam (ont) ichish, va’da berish va
qasamyod qilish, qarzni uzish, kafillik, kafolat berish,
omonat saqlash tahlili va ularga mansub tartib qoidalar
shariatning asosiy bo'limlaridan hisoblanadi.
Shariat jazoga nisbatan o‘z yo‘l-yo‘riq dasturlarining
butun qahru g'azabini axloqi buzuqlami va gunoh hisoL-
lanadigan xatti-harakatlami keskin bartaraf etishga qaratgan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |