Binobarin, oila er-xotin, ulaming bolachaqalari, eng
yaqin tug‘ishganlaridan iborat kishilar guruhi, ya’ni xonadon
hisoblanadi. Ayni chog‘da oila odamlaming tabiiy, iqtisodiy,
huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy
birligi hamdir.
86
Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasidir, ijtimoiy
asosdir. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham
shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero,
jamiyat asosi — oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustah-
kamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi dav-
latdir. Ma’lumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas maskan
sanalgan. Unga bunday e’zozli munosabat bugungi kunda
ham o'zgargani yo‘q.
«Oila, - deydi mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov, -
hayotning abadiyligini, avlodlaming davomiyligini ta’min-
laydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan
birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i...». Shu fikming
o‘ziyoq oilani e’zozlash, uning qadr-qimmatini yuksakka
ko‘tarish bizning ongimizga mustahkam jo bo‘lganligining
yorqin dalilidir.
0 £zbek oilasi serfandzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik
kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
0 £zbek oilasining o‘ziga xos etnografik xususiyatlari: ko‘p
bolalik, ko‘p tabaqalilik (bir necha avlod vakillarining birga
yashashlari),
avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning boshqa
mamlakatlardagina nisbatan kuchliligi va shu kabi qator
xususiyatlari uning psixologik ahamiyatini yanada orttirib
Download Do'stlaringiz bilan baham: |