Oila pedagogikasi


ko‘rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan

bet48/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

ko‘rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lish bilan birga, farq qiluvchi 
xususiyatlarga ham ega. Ya’ni: birinchidan, oilaviy muno­
sabatlar fuqarolik huquqiga xos bo‘lmagan yuridik faktlar 
(nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va ho- 
kazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy mu­
nosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko‘proq shaxsiy- 
huquqiy mohiyatga ega bo‘ladi, uchinchidan, oilaviy huquq


subyektlarining huquq va majburiyatlari ulaming o‘zla- 
rigagina tegishli huquq va maj-buriyatlar sanaladi.
Oila huquqining asosiy prinsiplari quyidagilardan ibo­
ratdir:
1) oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish hu- 
quqi prinsipi;
2) barcha fuqarolar, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e ’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i 
nazar, qonun oldida tengligi prinsipi;
3) hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng 
huquqliligi prinsipi;
4) oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilami ma’naviy 
va moddiy qo‘llab-quwatlash hamda ulaming o‘zaro bir- 
biriga g‘amxo‘rlik qilishi prinsipi;
5) davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza 
etish va ulaming manfaatlarini har taraflama himoya qilish 
prinsipi;
6) ixtiyoriy va erkin nikoh prinsipi;
7) faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustah- 
kamlash uchun yordam berish prinsipi;
8) davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish prinsipi;
9) bolalami mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi 
g‘oyasi asosida tarbiyalash prinsipi.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling