ko‘rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lish bilan birga, farq qiluvchi
xususiyatlarga ham ega. Ya’ni: birinchidan, oilaviy muno
sabatlar fuqarolik huquqiga xos bo‘lmagan yuridik faktlar
(nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va ho-
kazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy mu
nosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko‘proq shaxsiy-
huquqiy mohiyatga ega bo‘ladi, uchinchidan, oilaviy huquq
subyektlarining huquq va majburiyatlari ulaming o‘zla-
rigagina tegishli huquq va maj-buriyatlar sanaladi.
Oila huquqining asosiy prinsiplari quyidagilardan ibo
ratdir:
1) oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish hu-
quqi prinsipi;
2) barcha fuqarolar, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, e ’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i
nazar, qonun oldida tengligi prinsipi;
3) hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng
huquqliligi prinsipi;
4) oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilami ma’naviy
va moddiy qo‘llab-quwatlash hamda ulaming o‘zaro bir-
biriga g‘amxo‘rlik qilishi prinsipi;
5) davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza
etish va ulaming manfaatlarini har taraflama himoya qilish
prinsipi;
6) ixtiyoriy va erkin nikoh prinsipi;
7) faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustah-
kamlash uchun yordam berish prinsipi;
8) davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish prinsipi;
9) bolalami mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi
g‘oyasi asosida tarbiyalash prinsipi.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida
Download Do'stlaringiz bilan baham: |