yuboradi.
O‘zbekiston dunyoda aholisining soni ancha tez ko'payib
borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Oila erkak va ayolning nikohdan o‘tib, bir yostiqqa bosh
qo‘ygan kunidan boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi
naslni davom ettirish hamda ota-bobolarning eng yaxshi
87
an’ana va udumlarini davom ettirish, turmushni mustah-
kamlashdan iboratdir.
Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:
birinchidan
- u jamiyatning demokratik hujayrasini
tashkil etib, odamlar shu muqaddas maskanda tug‘ilib, o ‘sib,
jamiyat tarkibini tashkil etadi;
ikkinchidan
- oila muhim bo‘g‘in bo‘lib, unda biz
mehnat jarayonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklash imko-
niyatiga ega bo‘lamiz;
uchinchidan
- oila muhim tarbiya o ‘chog‘I;
va nihoyat, to‘rtinchidan - oila nodir ruhiy muhitdir.
Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob va
huquqiy qoidalar bilan birga tartibga solinadi. Shuning uchun
ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh,
qon-qarindoshlik, bolalaming nasl-nasabini belgilash, ota-
ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish
shakllaridan
kelib
chiqadigan
munosabatlami
huquqiy
tartibga soladi.
Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta’rif berib
aytadigan bo‘lsak, bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar
(farzandlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy no-
mulkiy va ular bilan bog‘liq mulkiy munosabatlami tartibga
soluvchi huquq tarmog‘i hisoblanadi. Shu ta’rifdan ham
Download Do'stlaringiz bilan baham: |