Oila pedagogikasi


ro'yxatdan o ‘tkazilgan vaqtdan boshlab nikoh tuzuvchilar er-

bet49/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

ro'yxatdan o ‘tkazilgan vaqtdan boshlab nikoh tuzuvchilar er- 
xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o‘rtasida er- 
xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular 
o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina 
emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga 
solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar 
bilan teng huquqga ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha
89


shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng hu- 
quqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga ega 
bo‘ladilar. Bu qoida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitut- 
siyasining 46-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Amaldagi qonunlar turmushga chiqqan ayolni muomala 
layoqatida hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo‘ysindirib, 
qaram qilib ham qo‘ymaydi. Barcha huquqiy munosabatlarda 
er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab- 
baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham 
yuklanadi. 0 ‘zbekistonda er va xotin rasmiy jihatlardagina 
emas, balki oilada ham teng huquqga egadir. Oila huquqiga 
asosan er-xotin umumiy xo‘jalik ishlarini biigalikda, o‘zaro 
hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma’naviy 
yordam berib, ko‘makdosh bo‘lib yashaydilar, hamma ma- 
salalami bamaslahat hal qiladilar. Biroq er-xotindan birining 
shaxsiy huquqini amalga oshirishga muntazam xalaqit berish 
(masalan, eming yoki xotinning mashg‘ulot turi, kasb 
tanlashiga halal yetkazish), shaxsiy huquqlami amalga oshi- 
rishni suiiste’mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan 
xatti-harakatlar nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling