Oila pedagogikasi


birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi

bet51/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Oila kodeksida er-xotinlaming mulkiy huquqiy munosa- 
batlarini tartibga soluvchi normalarda ham bir qator o‘z- 
garishlar sodir bo‘ldi.
Awalo, bu o ‘zgarishlar, yangiliklar mulkiy munosa- 
batlami tartibga soluvchi prinsiplarda ifoda etiladi.
Er-xotinning qonuniy tartibdagi mulki ulaming qonun 
hujjatlarida belgilangan imperativ normalar bilan tartibga 
solinadigan mulkidir.
Nikoh shartnomasi deb, nikohlanuvchi shaxslaming yoki 
er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin
91


nikohdan ajratilgan taqdirda ulaming mulkiy huquq va maj- 
buriyatlarini belgilovchi kelishuvga aytiladi.
«Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar 
ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh 
shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab 
kuchga kiradi» (Oila kodeksining 30-moddasi).
Agar nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olin­
gunga qadar tuzilgan bo‘lsa, bunday nikoh shartnomasi 
kechiktirib bajariladigan shartli bitim hisoblanadi. U faqat 
nikoh tuzilgandan so‘ng kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi er-xotinlar bir-birlarini moddiy 
ta’minlash yoki biri ikkinchisini moddiy ta’minlashini ko‘r- 
satish huquqiga ega. Shartnomada belgilangan shartlar ali­
ment majburiyatining umumiy qoidalariga mos kelmog‘i 
kerak. Xususan, muomalaga layoqatsiz er yoki xotinning 
huquqlari buzilmasligi lozim. Ammo nikoh shartnomasida 
qonun bo‘yicha aliment olish huquqiga ega bo'lmagan er 
yoki xotinga aliment belgilanishi mumkin. Birinchi navbatda, 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling