Oila psixologiyasi fan sifatida
Download 330.73 Kb.
|
1-мавзу оила
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monogam oila
- Patriarxal monogam oila
Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek so‘zlaridan olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bo‘lgan. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu – patriarxal oilaning bir ko‘rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda.
Patriarxal monogam oila – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra oiladagi erkak kishining nufuzi, etakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda tutadi. Bunday oilada o‘g‘il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, uylangan taqdirda ham turmush o‘rtog‘ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o‘tib, o‘z ota-onasining uyini tark etadi. Bunday oilada urug‘ning atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning yo‘lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan shug‘ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo‘ladilar.
Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling