Oila psixologiyasi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika Fakulteti


Download 20.36 Kb.
bet1/7
Sana19.12.2022
Hajmi20.36 Kb.
#1032737
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oila psixologiyasi-fayllar.org


Oila psixologiyasi

Oila psixologiyasi

Nukus davlat pedagogika instituti

Ellikqal’a pedagogika Fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabasi

Xamroyev Qadamboy

Reja:

Oila va nikoh tushunchasi


  • Oila qadim - qadimdan muqaddas dargoh deb hisoblanib kelingan. Inson turmushini oilasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki u umri mobaynida oila ta'sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida, so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila insonning shaxs sifatida qaror topishiga muhim tarbiyaviy ta'sir kursatadi.Insonning shaxs sifatida hayotiy xususiyatlari, so‘zsiz, oilada shakllanadi.Oilada u ona tilida so‘zlashishni o‘rganadi.Millati, xalqi urf-odatlarini, an'analarini, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi, dunyoqarashi, mafkurasi shakllanadi. Shu sababli oila jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy - axloqiy tayanchi hisoblanadi.

  • Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.

Oila va nikoh tushunchasi


  • Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, Oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos Oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.

Download 20.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling