O`simliklar hayotiy shakllarining ekologomorfologik xususiyatlari Reja
Download 26.99 Kb.
|
hayotiy shakllarining ekologikmorfologik xususiyatlari(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻp yillik oʻtlar
- Ikki yillik o`tlar
- Yarim butalar
O`simliklar hayotiy shakllarining ekologomorfologik xususiyatlari Reja: O`simliklar hayotiy shakllariga tavsif Hayotiy shakllarning ekologo-morfologik xususiyatlari Hayotiy shakllarning ekologo-morfologik xususiyatlariga asoslangan klassifikatsiyasi Raunkierning hayotiy shakllar haqidagi klassifikasiyasi o’simliklarning ekologo-morfologiyasini ya’ni tashqi tuzilishini ham o’z ichiga olgan. O’simliklarning vegetativ organlarining tashqi qiyofasi yashash muddati, kurtaklarning joylashishi bilan bog’liq bo’ladi. Ekologo- morfologik klassifikasiya: Yog’ochlashgan o’simliklar – daraxt, buta, butachalar. Daraxt — tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp yillik oʻsimlik. Daraxtlar boʻyiga qarab 3 guruhga: 1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay); 2) 25—35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi); 3) 25 m gacha (zarang, chetan, shumurt) boʻlinadi. Mevali daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari); 3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli daraxtlar (olma va oʻrikning koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi.Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari ham bor. Doim yashil daraxt barglari vaqt-vaqti bilan toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi. Daraxtlar yoshi ularning kesilgan toʻnkasidan yoki oʻsib turgan ildiz boʻgʻzidan (parmalab olingan oʻzagigacha), yogʻochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, daraxtlarning tashqi belgilari (bargining rangi, tanasining shakli, poʻstlogʻining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqdanadi. Mas, katta yoshdagi igna bargli daraxtlar bargining rangi ochroq, oʻsishdan toʻxtagan daraxtning shoxshabbasi yumaloq telpak gumbaz shaklida, tanasining pastki qismi yorilgan, qalin, oʻlik poʻstloq toʻqimalari bilan qoplangan, baʼzan poyasi sirtida yashil, sariq va boshqa tusli buqoqlar paydo boʻladi. Yosh daraxtlar tik oʻsadi, shox-shabbasi choʻziq konussimon, poʻstlogʻi silliq, yaltiroq, igna bargli daraxtlar bargi sersuv, toʻq yashil. Daraxtlarni oʻgʻitlash yoki hosil berishini toʻxtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin. Shaftoli daraxti 15—20, saksovul 50—60, terak 70—80, tok 100, tol 300, xandon pista 350, tut va yongʻoq 400, qaragʻay, shumtol, zarang 700—1000, chinor 1000, eman 2000, shamshod 3000, mamont daraxti 6000 yil yashaydi. Buta — tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning oʻsib chiqishi hamda past boʻlishi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladigan oʻsimliklarning hayotiy shakli. Boʻyi yarim m dan past boʻlgan, shoxlari yogʻochlangan kalta oʻsimliklar butacha deb ataladi. O’tsimon o’simliklar - ko’p va bir yillik o’tlar. Koʻp yillik oʻtlar - bir necha yil yashaydigan oʻt oʻsimliklar. Koʻpchiligining yer ustki qismi qishda yoki qurgʻoqchilik mavsumlarda qurib, faqat tuproq osti qismi (ildizi, ildizpoyasi, piyozi yoki tuganagi) saqlanib qoladi, qulay sharoit kelishi bilan yana koʻkarib chiqadi. Koʻp yillik oʻtlaroʻ.ning baʼzilari tashqi sharoit taʼsirida oʻzgarishi (koʻp yillikdan bir yillik-ka yoki, aksincha, bir yillikdan koʻp yillikka aylanishi) mumkin. Mac, koʻp yillik kanakunjut moʻʼtadil iqlimda bir yillik oʻsimlikdir. Koʻp yillik oʻtlar choʻl va yaylovlarda chorva mollari uchun oziq hisoblanadi. Ikki yillik o`tlar – urug`dank o`karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, barg hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to`playdigan o`simliklar. Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab meva tugadi. Bir yillik o`tlar – ular bir yil ichida o`sadi, gullaydi va meva (urug`) tugib, o`z hayotini tugatadi. Oraliq guruhlar - yarimyog’ochlashgan – yarim butalar, yarim butachalar. Yarim butalar – poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko`p yillik o`simliklar. Lianalar (frans. liant, her — bogʻlanish) — oʻsimliklar, qoyalar va boshqa narsalarga chirmashib oʻsadigan butasimon yoki oʻtsimon oʻsimliklar guruhi. Bunday oʻsimliklar yorugʻlikka intilib uchidan tez usadi va atrofidagi daraxtlarga oʻralib, koʻpincha ularni nobud etadi. Asosan, tropik oʻrmonlarda (2000 turi) oʻsib, changalzorlar hosil qiladi. Oʻzbekistonda xmel, yovvoyi tok, aktinidiya va boshqa oʻsadi. Liananing baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida koʻpaytiriladi. Gulli oʻsimliklar, qirqquloqlar va ochiq urugʻlilarining ayrim turlari lianalarga kiradi Poyalarning o’sish yo’nalishiga qarab: Tikka o’suvchi Yotib o’suvchi daraxt, buta, o’tlar O’rmalab o’suvchi Yog’ochlashgan va o’tsimon lianlar. Oziqlanishiga binoan: Aftotrof Simbiotrof Yarim parazit o’tsimon o’simliklar Parazit Xasharotxo’r Yer ostki organlariga qarab: Ildizpoyali Tugunakli ko’p yillik o’tlar Piyozboshli va butachalar Kaudeks hosil qiluvchi Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling