amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat


Download 76.93 Kb.
bet1/21
Sana22.04.2023
Hajmi76.93 Kb.
#1379448
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua


1- Amaliy mashg’ulot.Tut bargining tuzilishi. 2 soat
Ishning maqsadi: Talabalarni tut bargining o’simlik xayotidagi va ayniqsa pillachilikdagi axamiyatini xamda tuzilishini o’rganish.
Kerakli materiallar va jixozlar: jadvallar rangli tasvirlar, tut daraxti bargi tasvirlangan jadvallar, Laboratoriya mashg’ulot ishlanmalari.
Topshiriqlar:

  1. Tut bargi katta kichikligi jixatdan necha xil bo’ladi?

  2. Bargning katta kichikligi nimalarga bog’liq?

  3. Tut bargining shakli qanday xillarga bo’linadi?

Asosiy tushunchalar: Yuqorida bayon etilgan organlari bilan bir qatorda bargning o’simlik xayotida va ayniqsa pillachilikda axamiyati kattadir. Chunki tut bargi ipak qurtining asosiy ozig’i xisoblanadi. Shuning uchun tutchilikning asosiy maqsadi tut bargi xosilini tobora oshirish va uning sifatini yaxshilashdir.
Barg fotosintez protsessi, ya’ni xavodan karbonat angidrid (CO2)ni o’zlashtirib, organiq moddalar xosil qilish, nafas olish (suvni bug’latish) kabi murakkab, fiziologik, fizik va ximik xodisalar ro’y beradi. Barg o’suvchi konus oldidagi meristema xujayralardan xosil bo’lib, u oldin uchidan, so’ngra tubidan o’sa boshlaydi. Tut bargi oddiy tuzilgan: u barg plastinkasi, barg bandi va yonligidan iborat.
Tut bargi katta - kichikligi jixatidan uch xil: mayda (uzunligi 7sm gacha), o’rtacha (uzunligi 7 - 12sm gacha) xamda yirik (uzunligi 12sm dan katta) bo’ladi. Bargning katta-kichikligi tut naviga, o’sish sharoit va tutning bargli novdalarning qurt boqish uchun kesilib turishiga bog’liqdir. M: Pobeda, SANIISh 1, Kokuso 70, Kinriu kabi navlarining bargi katta, maxalliy jaydari xasak tutning bargi kichikdir. Soyada o’sgan bargi yakka, lekin satxi katta, quyoshda o’sgan tutning bargi esa qalin, ammo kichikrokdir. Shu kabi azot bilan o’g’itlangan tut bargining plastinkasi o’g’itlanmagan tutnikiga nisbatan bir-bir yarim baravar kattaroq bo’ladi.
Tut bargi yuraksimon va tuxumsimon, yurak-tuxumsimon va to’garak shaklda, yaxlit (kertiksiz), kertikli va juda ko’p kertikli (qaychi ) barglarga bo’linadi. Bargning bu xususiyati tutning naviga, yoshiga, bargli novdalarning qurt uchun kesilishiga va parvarish qilish darajasiga bog’liq.
Bargning qirrasi arra tishli, oddiy tishli, dumaloq tishli yoki uchburchaksimon tishli, qalinligi jixatdan qalin (seret), o’rtacha va yupqa, dag’alligi bo’yicha - mayin, shoyisimon (shaldiroq) bo’ladi.
Tutning navi va o’sish sharoitiga qarab bargi och va to’q yashil, faqat bitta tut turining bargi sarg’ish tilla rang, uning bargi ipak qurtiga berilmaydi. Bargning usti tekis yoki to’lqinsimon, xira va yaltiroq bo’ladi. Barg plastinkasining ostki tomoni besh barmoqsimon yo’g’on tomir va undan juda ko’p mayda tomirchalar tarqalgan: tomirlarning yo’g’on-ingichkaligi tutning yoki naviga va tashqi muxitning ta’siriga bog’liq.
Bargning sirti mumsimon moddadan tuzilgan rangsiz yupqa parda (kutikula) bilan qoplangan; uning vazifasi bargdan suvni bug’latishdan va xavoning barg ichiga kirishidan saqlashdan iborat.
Bargning ustki va ostki epidermislari o’rtasini barg eti egallaydi, u zich joylashgan bo’lib, parenxima to’qimalaridan tuzilgan. Barg etining ustki va ostki qismida joylashgan parnexima to’qimalari ustunsimon, o’rta qismidagi esa G’ovak (dumaloq) to’qimalardan iborat. Yorug’ yerda o’sgan tutlarda ustinsimon parenximali to’qimalar yaxshi rivojlanib, ular ikki xatto undan ko’proq qatorni tashkil etadi va shu tufayli bargning eti ancha qalin bo’ladi. Soyada o’sganda esa, aksincha, G’ovak to’qimalar barg etining ko’pchilik qismini egallaganidan yorug’da o’sgan bargga nisbatan barg plastinkasi yupqalashadi. M-n: sifatli jaydari navdor tutlarning va ayrim chetdan keltirilgan navlarning bargi xasak tutnikiga nisbatan qalin bo’ladi.
Barg etining xar bir xujayrasi ichida juda ko’p yashil xlorofil donachalari bor. Bu to’qimani assimilyatsiya to’qimasi yoki mezofil deyiladi. Xlorofil donachalari vositasida barg xavodan karbonat angidrid va yorug’lik energiyasini shimib, ularni ildizdan keladigan suv mineral moddalar bilan birlashtiradi, natijada yangi murakkab organiq moddalar xosail qilib, xavoga erkin xoldagi kislorodni chiqarib turadi. Buni fotosintez jarayoni deyiladi. Nafas olish fotosintezning aksi xisoblanib, bunda barg orqali xavodan kislorod shimiladi va u organiq moddalarni oksidlantirishga sarflanadi. Buning natijasida murakkab organiq moddalar sodda mineral moddalarga aylanadi xamda xavoga qaytadan karbonat angidrid, suv va energiya chiqadi.

Download 76.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling