amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
- Amaliy mashg’ulot.Tutni qalamchadan ko’paytirish. 2 soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli materiallar va jixozlar
6- Amaliy mashg’ulot.Tutni qalamchadan ko’paytirish. 2 soat
Ishning maqsadi - Talabalarga tutni vegetativ yo’l bilan qalamchasida kupaytirish usulining moxdyatini urgatish. Tutni qalamchasidan bargsiz qalamchasi bilan kupaytirish, parxish usullari bilan tanishtirish. Kerakli materiallar va jixozlar: Adabiyotlar: 1, 2, 6, 8, tut bir yillik novdalaridan tayyorlangan qalamchalar, qalamcha, parxish texnikasi tasvirlangan jadvallar. Topshiriqlar: Tutni kupaytirish uchun qalamchalar tayyorlashni o’rganish. Qalamchalarni bargsiz va bargli usullar bilan kupaytirish xususiyatlarini bilish. Tutni parxish usuli bilan kupaytirishni o’rganish. Qalamchalar va parxish rasmlarini chizish. Asosiy tushunchalar: Navdor tutlarni kupaytirishda samarali usullardan biri uni qalamchasidan ustirishdir. Bunda tut qalamchasi ona daraxtdan ajratilib, qulay sharoitga ekiladi va ildiz olishi uchun kerakli darajada parvarish qilinadi. Bu xilda ustirilgan tut ko’chatlari uz ildiziga ega bulgan mustakil o’simlikka aylanadi. Yangi yetishtirilgan navlarni vegetativ yo’l (jumladan) qalamcha bilan kupaytirilganda uning irsiy xususiyatlari to’liq saqlanadi. Qalamchadan usgan tutlarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanganligi sababli uning yer ustki qismlari bakuvvat usadi va urug’dan kupaytirilganga nisbatan 2-3 yil oldinroq barg olinadi xamda xosildorligi ancha yuqori bo’ladi. Bu usulda ustirilgan tutlarning bargli novdalari qurtga kesilgach, tezda yangi novddalar tiklanadi. Qalamchadan navli ko’chat qisqa muddatda va arzon narxda yetishtiriladi. Tutni bargsiz qalamchasidan to’g’ridan - to’g’ri ochik maydonga ekib ustirish 1930 yildan boshlab yumshok iqlimli Yaponiya, Koreya, Vietnam davlatlarida amalga oshirildi va yaxshi natijalarga erishildi. 1951 yildan boshlab ToshDAU xodimi K.Raximberdiev tomonidan tutni bargsiz qalamchasini ustirish ustida tajriba olib borilib, ijobiy natijalarga erishildi. Bu olim tomonidan qalamchani tayyorlash, ekish muddati, usuli va chukurligi, sug’orish, tuprokka ishlov berish xamda boshqa agrotexnik tadbirlari tajriba asosida ishlab chikildi. 1959-1960 yildan boshlab, qalamcha tayyorlashga muljallangan ona daraxt novdalarining oldindan xalqalab qo’yilishi qalamchaning ko’karishiga ijobiy ta’sir etishi aniqlandi. O’simliklarni parxish qilish orqali kupaytirish ona daraxtidan bir yillik novdalarni ajratib olmasdan oldin, bo’g’imdan qo’shimcha ildiz xosil qilishga asoslangan. Parxishlashda xam uz ildiziga ega bulgan navdor ko’chatlar yetishtiriladi. Parxishlashning tik, yotqizib, yoysimon va xavoda ildiz oldirish usullari mavjuddir. Eng keng tarqalgani tik va yotqizib parxish qilishdir. Parxishlangan novda bo’g’imida ildiz xosil qilish uchun quyidagi tadbir va shart-sharoitlar amalga oshirilishi kerak: Novdalarni ekish yoki xalqalash orqali oziq moddalarni ildiz xosil qilish joyiga ; Novdaning shu yerini yetarli darajada namlik va xavo bilan ta’minlash; Ildiz usib chiqadigan novdaning yuqori qismida yorug’ xosil qilish. Qalamcha yuli bilan qiyin kukaradigan navdor tutlar parxish orqali kupaytiriladi. Tutchilikda Xitoycha - radial (radius bo’yicha yotqizish) va uyib kumish parxishlash usullaridan foydalaniladi. Radial usulda mintakaning iqlim sharoitiga qarab novdalar ikki xil egib kumilishi mumkin. Sug’oriladigan xududlarda ko’chatning novdalari qator buylab yotkizib kumiladi. Bu parxishlash maydoniga qalamchadan yoki payvandlash orqali ustirilgan navdor ko’chatlar 3 x 3 m sxemasida ekiladi, ya’ni 1 ga yerga 1100 dona ko’chat joylashtiriladi. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling