amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
- Amaliy mashg’ulot.Tut pitomnigini tashkil qilish va pitomnikda almashlab ekish. 2 soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli materiallar va jixozlar.
4- Amaliy mashg’ulot.Tut pitomnigini tashkil qilish va pitomnikda almashlab ekish. 2 soat
Ishning maqsadi - Talabalarga tut pitomnigini vazifasi, ko’chatzorlarni tashkil qilish, pitomnikda almashlab ekish sxemalarini (yetti, sakkiz, to’qqiz dalali) urgatish. Kerakli materiallar va jixozlar. Adabiyotlar: 2, 6, 8, tut ko’chatzori loyixasi, sxemalari tasvirlangan jadvallar. Topshiriqlar: Tut pitomnigini vazifasini o’rganish. Tut pitomnigi dalasining loyixasini chizish. Tut pitomnigi uchun almashlab ekish sxemasini tuzish. Asosiy tushunchalar: Tutchilikning asosiy vazifalaridan biri ko’chatlarni muttasil kupaytirib borish asosida ipak qurtining oziq bazasini tobora mustaxkamlashdir. O’zbekistonda tutzorlar maydoni yildan-yilga ortib bormokda. Qarigan tutzorlar buzilib o’rniga yosh ko’chatlar ekilishi yoki yangi tutzorlar barpo qilinmokda. Buning uchun necha millionlab tut ko’chatlar yetishtirish talab qilinadi. Tut ko’chatzorlari uchun ekinlar o’sishi uchun qulay sharoit bulgan xujaliklarda aloxida maydon ajratish kerak. Avval loyixa tuziladi. Tut ko’chatzori belgilangan davlat namunasi talablariga javob beradigan nixol va ko’chatlar yetishtirish maqsadida tashkil qilinadi. Ko’chatzordagi tut ko’chatlari usha xududning sharoitiga mos keladigan, yirik bargli, sovukka, kasallikka va zararkunandalarga chidamli nav va duragaylardan yetishtiriladi. Davlat tut ko’chatzorlari yetishtiriladigan ko’chatlarning soniga qarab maydoni kichik (7-16 ga), o’rtacha (17-35 ga) va katta (35 gektar dan ortiq) ko’chatzorlarga bo’linadi. Xozir O’zbekistonda 14 ta ixtisoslashtirilgan ipakchilik xujaliklari va 4 ta tut pitomniklari (Toshkent, Farg’ona, To’rtkul, Shaxrisabz) bo’lib, ularda jami 60-50 mln atrofida nixol, 50-55 mln ko’chat, shu jumladan 2 mln dona payvandlangan navdor ko’chatlar yetishtirilmokda. Xar bir ko’chatzor maydonining katta-kichikligi yoki unda yetishtiriladigan ko’chatning sonidan kat’iy nazar, urug’ sepilib nixollar va shox-shabbali ko’chatlar yetishtiriladigan 2 ta ishlab chiqarish bo’limidan iborat bo’ladi. Bundan tashkari duragay urug’ yetishtiriladigan payvandlash va qalamcha usulida ekish uchun qalamcha olinadigan navdor ona tutzorlar xam bo’lishi lozim. Urug sepiladigan bo’limda bir yoki bir yarim yoshlik nixolchalar yetishtiriladi. Ular kazib olinib, doimiy buta tutzorlar barpo qilinadi yoki ko’chat yetishtirish uchun ko’chatzorning ikkinchi bo’limiga ekiladi. 2-bo’limda ko’chatlar 2 yil ustirilib, ularning shox-shabbasiga shakl beriladi. Shu xilda tayyorlangan ko’chatlar 2 yoshli baland tanali daraxtcha bo’lib yetishadi. Navdor ko’chatlar yetishtirish uchun nixolchalar ko’chatzorda bir yil ustirilib, ikkinchi yili kuklamda navdor tutlar bilan payvand qilinadi. Tut ko’chatzori ko’chat tarkatiladigan tumanning markazida, temir yo’l stansiyalari, suv inshootlari va magistral yullarga mumkin kadar yaqin bo’lishi lozim. Ko’chatzor tutning sovukka chidamsizligini xisobga olib ko’chatzorni balandroq yerda tashkil etish zarur. Kelgusida kengaytirish xisobga olinadi. Maydon katta kvadrat va to’rtburchak shaklida bo’ladi. Tuprog’i unumdor, tekis bo’lishi kerak. Ko’chatzor maydonining bo’yi - 1-2 ga bulsa 200-300 m, 2-5 ga bulsa 300-400 m, 5-10 ga bulsa 500-600 m va uzun bo’lishi mumkin. Ko’chatzorda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida almashlab ekiladi. Almashlab ekishning axamiyati katta bo’lib Markaziy Osiyoda 7 yoki 9 dalali almashlab ekish sxemasidan foydalaniladi. 7 dalali almashlab ekishda masalan 21 gektar bulsa, xar bir maydon 3 ga ni egallaydi. 1-yili 3 ta dala (1,11,111) ga beda ekilgan bo’lib (9 ga) 4 ta dala nixol va ko’chatzordan iborat. O’zbekistonning janubiy va o’rta iqlimli mintakalarida nixolchalar bir yil, shimolda esa 1,5 va ayrim yerlarda 2 yil davomida ustiriladi. 1 yoshli nixolchalar yetishtirish uchun avvalgi yil tayyorlangan urug’lar baxorda, yangi tayyorlangan urug’lar yoz yoki kuzda sepiladi. Bu xolda nixolchalar ikkinchi yilga shu maydonda qoldiriladi. Nixolzor uchun unumdor, kumok tuprokli xamda sizotsuvlari 1,5 m dan pastda joylashgan qator oralari yaxshilab ishlangan, dukkakli o’simliklardan bushagan yerlarni tanlash lozim. Bedapoyadan sung tut urug’i 1-yili sepilmaydi. 2-yili tut urug’i ekiladi. Yerlar baxorda chizellanib, boronalanib, molalanib urug’lar ekiladi. Ekish midqori urug’ning xujalik yarokliliga qarab xar xil bo’ladi. Xujalik qimmati 90-100 % gacha bulganda 7 kg 80-90 % gacha bulganda 8 kg 70-80 % gacha bulganda 10 kg 60-70 % gacha bulganda 12 kg xisobida ekiladi. Ekish muddati O’zbekiston janubida martning oxiri aprelning yarmigacha, o’rta iqlimli xududlarda aprelning 2 yarmida, shimolda - aprel oxiri mayning birinchi yarmida ekiladi. Tuprokning 0-5 sm da 10-110 S issiqlikda 15-17 kunda, 15-170S da 10-14 kunda, 18-220 S - 5-8 kunda kukaradi. Yozda esa mayning oxiri iyun oyi boshida ekiladi. Urug’larni ekish uchun 70 sm li pushtalarga 20-25 sm, 60 sm lida 15-18 sm kenglikda urug’ sepiladi. Urug seyalka yoki kulda 1-2 sm chukurlikda sepiladi. Urug’lar unib chiqqandan 2-3 chin barg chiqarguncha xar 3-4 kunda, 5-6 barg chiqarguncha 4-6 kunda, 7-8 barg chiqarguncha 6-8 kunda jami yoz davomida 10-12 marta sug’oriladi. Nixolchalar sovuk tushguncha yaxshi pishib ulgurishi uchun avgust oxiri sentabr boshida sug’orish tuxtatiladi. Unib chiqqach nixollar o’toq qilinadi, jami 3-5 marta. Ularda 4-5 ta barg paydo bulgach, xar bir o’simlik orasi 2-3 sm koldirib yagana qilinadi Nixolchalar usuv davrida 8-10 sm chukurlikda 4-5 marta ketmonda va boshqa asboblar bilan chopiladi. Utitlanadi. Nixollarning xar gektariga 60 kg fosfor, 120 kg azot berilishi tavsiya etiladi. 1 ga yerdan 1-11 sortli standart nixollar 80-88 % ni tashkil etsa, gektaridan 700-800 ming dona standart nixolchalar yetishtiriladi. Urug’dan ustirilgan nixolchalar kuchirib utkaziladigan maydon ko’chatzor deyiladi. Nixolchalar ko’chatzorga ekilib 2 yil mobayinida,baland tanali, shox- shabbali shakl beriladi. Keyinchalik ular tutzorlar, arik yo’l buylari va dala chegaralariga ekiladi. Ko’chatzorga nixol ekishdan avval yer yaxshi ishlanadi. Bedapoya va dukkakli o’simliklardan bushagan yerlar ko’chatzor uchun eng yaxshi xisoblanadi. Kuzda 3035 sm chukurlikda xaydaladi. Nixollar kuzda 10-20 noyabrdan sung ekiladi. Kuklamda yer muzi erib, tuproq kizishi bilan ekiladi (mart oxiri, aprel boshida). Masalan, tajribalarga kura ko’chatlar 20 noyabrda ekilsa bir mavsumda 190-195 sm ga yetgan, kuklamda 25 martda ekilsa 160-165 sm bulgan. Nixolchalar ko’chatzorga oralig’i 60-70 sm qilib ekiladi, tup oralig’i esa 20, 25,30 sm kenglikda bo’ladi. Ekish chukurligi tuproq tipiga qarab 30 sm bo’ladi. Bir smenada 1,2 gektar yerga ko’chatlar ekiladi, yoki bir ga yerga 5,8 k/kuni sarflanadi. Nixolchalarni kukarishi 95% gacha. Tuproq namligi 75% dan kam bo’lmasligi lozim. Jami sug’orish soni bir yillik ko’chatlarda 7-9, 2 yillik 6-7 marta sug’oriladi. Yosh tut ko’chatlariga gektariga azot 60-120, fosfor - 30-90, ikkinchi yili azot 120-140, fosfor - 60-120 va kaliy 30-60 kg berilishi tavsiya etiladi. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling