amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat


- Amaliy mashg’ulot.Tutni kurtak payvand yo’li bilan ko’paytirish. 2 soat


Download 76.93 Kb.
bet5/21
Sana22.04.2023
Hajmi76.93 Kb.
#1379448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua

5- Amaliy mashg’ulot.Tutni kurtak payvand yo’li bilan ko’paytirish. 2 soat
Ishning maqsadi - Talabalarga tutni payvand yuli bilan kupaytirish, payvand usullari (kurtak payvand, qalamcha payvand, pustlok ostiga kurtak payvand, iskana payvand, naycha payvand) ni urgatish.
Kerakli materiallar va jixozlar. tut bir yillik novdalari, bog’ pichog’i va arrasi, payvand pichog’i, payvandni bog’lagichlar, payvand turlari, texnikasi tasvirlangan jadvallar.
Topshiriqlar:

  1. Tutni pavand usuli bilan kupaytirishni afzalliklarini o’rganish.

  2. Tut qalamchalarida kurtak payvand texnikasini o’rganish va amalda bajarish.

  3. Payvand turlari va ularni qo’llash maqsadlarini o’rganish va chizish.

Asosiy tushunchalar: Madaniy nav meva usimligidan kesib olingan ayrim kurtak yoki bir bo’lak novdasini ikkinchi bir o’simlikka ulab ustirish payvandlash deyiladi. 100 ga yaqin payvandlash usuli bor. Ammo ko’p ko’chatzorlarda kupincha 3 xil uxlovchi kurtaklarni ulash yuli bilan yozgi kurtak va payvand, o’suvchi kurtaklar ulash yuli bilan baxorgi kurtak payvand va qalamchani ulash yuli bilan qishki payvand usullari qo’llanilib keladi.
Kurtak payvand meva daraxtlarini payvandlashda ayniqsa ko’p tarqalgan usuldir. Kurtak 3 usulda: yog’ochligi bilan, yog’ochsizlik va naychasi bilan payvand qilinadi. Yog’ochli bilan yashirin va nish o’rgan kurtak payvand qilinadi.
Payvandtag uzi yashaydigan, ildizlari baquvvat yaxshi, taralgan bo’lib, so’rish kuchi yuqori xamda xar-xil zararkunanda va kassalliklarga imkoni boricha chidamli bo’lishi kerak.
Madaniy navlar urug’ ko’chatlari - kuchli o’sgan yaxshi payvandtaglar xisoblanadi.
Madaniy nav usimligining bitta yoki ikkita kurtakni biroz pustloq va yupqa yog’ochligi bilan kesib olib, payvandtakka ulashni kurtak payvand deb ataladi.
Kurtak payvand iyul oxiridan boshlab sentabr o’rtalarigacha, xali o’simlik tanasida shiralar yurib kurtak, ya’ni payvandtag pustlog’i yaxshi kuchadigan davrda qilinadi. Payvandtak po’stlog’ini yaxshi kuchishi uchun payvandlashdan 4-5 kun oldin ko’chatzorlarni sug’orish kerak. Kurtak payvand kilgan vaqtda payvandtaklarni po’stlog’i yog’ochligidan yaxshi ajraladigan bo’lishi kerak. Payvandtaglarining ildiz bugizi yonidagi poyalari odatda oddiy qalamdan ingichka bo’lmasligi ildiz bugizidan 20 - 25 sm gacha bulgan yuqori qismida yon novdalari bo’lmasligi lozim. Kurtak payvand maxsus pichok bilan qilinadi. Pichoq o’tkir va toza bo’lishi lozim. Payvandtakka novdadagi eng yaxshi kurtak qo’yiladi. Yupqa yog’ochligi bilan birga kushib kesilgan kurtak po’stlog’ining uzunligi 2,53 sm bo’lishi kerak. Kurtakni olishda payvandga novdaning ingichka tomonini uziga qaratib kaftiga olib, 4 ta barmog’i bilan uni siqib ushlaydi. Unda kursatkich barmoq kesiladigan kurtak ostidan tirab turadi. Ung kulning to’rt barmog’i bilan pichoqni ushlab, bosh barmoqni novdaga tirab turib, pichok bilan kurtakning 1,5 sm pastidan 1,5 sm yuqoridan novda pusti kundalangiga kesiladi. So’ngra pichok uchi yotkizilgan xolda novda buylab to birinchi kesikka yetguncha yuritiladi. Shunda biroz yog’ochlik bilan birga pustlok va kurtak kuchib novda ajraladi. Kurtakli po’stlog’i bilan payvandtakka qo’yish uchun urug’ ko’chatning shimolga qarab turgan tomonidan ildiz bugizining 3-4 sm yuqoridagi silliqroq joyi T shaklida tilinadi. Kurtak qo’yilgandan keyin kursatkich barmoqlar bilan ikki kulda pustlok pastdan yuqorisigacha bosib chiqiladi. Ulangan kurtak pustloklari normal sharoitda ikki xaftada usib urug ko’chatga kushilib ketadi. Ulangan kurtaklar kelgusi yil baxorda usadi.
Qishki payvand - meva o’simliklarini faqat baxor va kuzda emas qishda xam payvand qilish mumkin. qishda urug’ ko’chatlarini kovlashda qishki payvand uchun ularning bakuvvatlari ajratiladi va novdalar tayyorlanadi. Ular sovuk bo’lmaydigan binoda nam kumga kumib qo’yiladi. qishki payvand yanvarda yoki fevral boshida istalgan yorug’ binoda ulanadi. Bunda urug’ ko’chatlar qushilgan joyidan olinib ildizlari yuvilib, loy kumlaridan tozalanadi, so’ngra ularga payvand ulanadi. Buning uchun urug’ ko’chatning ildiz bug’izi oldidan qiyshiq kesib tanasi olib tashlanadi va shunday yo’g’onlikdagi novdani olib, u xam qiyshiq kesiladi. So’ngra xar ikkalasini kesigidan yorma tilcha chikaziladi, novda bilan urug’ ko’chat kesiklari bir-biriga ulanadi. Ulanganda ularning tilchalari bir-birining orasiga kirib turishi kerak. Ulangan joy chipta yoki pustlok tola bilan maxkam bog’lanadi.
Qalamcha payvand qilish usullari - kurtak payvand tutmagan payvandtaglarda baxorda pustloq yog’ochlikdan yaxshi kuchadigan bo’lib, qolgandan keyin kurtaklari uyg’onmagan usuv kurtaklari qayta payvand qilinadi.
Oddiy qalamcha payvand - shundan iboratki qalamcha xam, payvandtag xam, qalamcha yo’g’onligiga nisbatan 4-5 barobar uzunlikda qiya qilib kesiladi keyin qalamchaning kesilgan joyi payvandtagning kesilgan joyiga shunday qo’yiladiki, payvandustning kambiy qatlami payvandtagining kambiy qatlamiga tegib turishi lozim, aks kolda ular tutmaydi.
Ishning qulaylanishi va payvand qilingan qalamchaning yaxshiroq tutishi uchun tilchali qalamcha payvand usuli qo’llaniladi.
Bu usulda xam xuddi oddiy usuldagidek payvand qilinadi faqat qiya qilib kesilgan xar ikkala uchlari yulinib, ikkita tilcha chiqariladi. Bu tilchalar ustma-ust qo’yiladi. Bu usulda qilingan payvand yaxshiroq tutadi.
Iskana payvand - bu usulda payvand qilish payvandtag uz o’qiga nisbatan kundalangiga kesiladi. Qalamchani payvandtag yorug’iga tiqib quyayotganida tirqish bog’ pichog’ining uchi yoki qattiq yog’ochdan yasalgan pona bilan ikki tomonga shunday qilib kesib qo’yiladiki, qalamcha uning orasiga bemalol kiradigan xamda payvandtag bilan payvandustning kambiy qatlamlari bir- biriga tugri keladigan bo’lishi lozim.
Tilma payvand - qilishda payvandtagning pastki qismi 20 - 25 sm qoldirib, kesiladi. Keyin yer yuzidan 5-8 sm yuqori qismi qiya qilib, tana yo’g’onligining yarmidan oshirilmay bo’yiga kesiladi. Qalamchaning oxirgi kurtakdan pastki qismi uchi o’tkir ponasimon qilib ikki tomonidan yo’niladi, keyin kambiy katlamlari bilan bir-biriga tugri keladigan qilib, payvandtagning tilingan joyiga qo’yiladi. Bu usulda o’simlik barg yozmasdan oldin qanday payvand qilinsa, barg yozganidan keyin xam shunday qilinadi.



Download 76.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling