Oila psixologiyasi


Maqsadga qaratilgan harakatlar


Download 251.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi251.98 Kb.
#1004719
1   2
Bog'liq
26- Seminar. Xatti-harakat qurilmalari.

Maqsadga qaratilgan harakatlar. Inson hulq-atvorida funktsional jihatdan 
bog'liq bo'lgan qo'zg'atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada 
inson hulq-atvoridagi qo'zg'atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun 
qo'llaniladigan tushunchalar orasida motivasiya va motiv tushunchalari eng 
umumiy va asosiy bo'lib hisoblanadi.
"Motivasiya" atamasi "motiv" atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga 
ega. 
"Motivasiya" 
so'zi 
hozirgi 
zamon 
psixologiyasida 
hulq-atvorni 
determinasiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, 


intilishlar va boshqa ko'pchilik) tizimini belgilovchi va hulqatvor faolligini ma'lum 
darajada tutib turuvchi, rag'batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan 
ma'noda qo'llaniladi. Biz motivasiya tushunchasini
birinchi ma'noda qo'llaymiz. Shunday qilib, motivasiyani inson hulqatvori, uning 
kelib chiqishi, yo'nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga 
ega bo'lgan sabablar yig'indisi sifatida belgilash mumkin.
Hulq-atvorning paydo bo'lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo'nalganlik va 
ko'zlangan maqsadga erishilgandan so'ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga 
moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan 
yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivasion jihatdan 
tushuntirishni talab etadi.
"Nimaga?", "nima uchun?", "nima maqsadda?", "nima evaziga?", "qanday 
mohiyatga ega?"va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivasiyaga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi 
mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang'ich va yakuniy holatlari 
sifatida sub'ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va 
faoliyat sharoitlari namoyon bo'ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, 
maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan 
vaziyatdan kelib chiqqan rag'batlar haqida so'z yuritiladi. Ba'zan inson hulq-atvorini 
ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozisiyalari deb ataladi. U holda 
muvofiq ravishda dispozision va vaziyatli motivasiyalar haqida hulq-atvorni 
determinasiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so'z yuritiladi. Shuning 
uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozision va vaziyatli 
determinasiya sifatida ko'rib o'tiladi.
Dispozisiyalar o'z mohiyatiga ko'ra motivlardir. Motiv motivasiyadan farqli 
o'laroq, – bu hulq-atvor sub'ektining o'ziga tegishli bo'lgan, uning ma'lum 
harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. 
Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko'rinishda ko'pchilik dispozisiyalarni 
ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo'lgan dispozisiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi 
hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma'lum sharoitlarda ularga normal 
yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati 
sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun etishmovchilik bilan 
bog'liq bo'lgan qoniqmaslik hissi bilan bog'liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo 
bo'lishining davriyligi va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga 
bog'liq mazmuni, ya'ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma'naviy 
madaniyat ob'ektlarining yig'indisidir.


Ehtiyojdan keyingi motivasion ahamiyatga ega bo'lgan tushuncha – bu 
maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog'liq bo'lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi 
bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning 
motivasiyali qo'zg'atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va 
yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ko'rib chiqilgan motivasiyali hosilalardan dispozisiyalar (motivlar), 
ehtiyojlar va maqsadlar inson motivasion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo'lib 
hisoblanadi.
Shaxsning motivasion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, 
egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko'rsatkichlari bo'yicha baholash mumkin. 
Motivasion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan 
dispozisiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivasion omillarning sifat jihatidan 
turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar 
qanchalik ko'p bo'lsa, uning motivasion sohasi ham shunchalik rivojlangan 
hisoblanadi.
Motivasion sohaning egiluvchanligi motivasiya jarayonini quyidagicha 
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivasion maylning qondirilishi uchun quyi 
darajadagi turli xil motivasion mayllar qanchalik ko'proq qo'llanilgan holatda 
motivasion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo'ladi. Masalan, bir individ 
uchun bilim olishga bo'lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga 
qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, 
davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivasion 
soha egiluvchanroq bo'lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivasion sohasidagi har bir 
tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozisiyalar (motivlar, maqsadlar) 
boshqalaridan kuchliroq bo'lib tez-tez hosil bo'lib turadi; boshqalari kuchsizroq 
bo'ladi, 
va 
kamroq 
dolzarblashtiriladi. 
Ma'lum 
darajadagi 
motivasion 
hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko'p bo'lsa, 
motivasion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori 
qo'zg'atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar 
ham ko'rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo'lgan, to'g'ridan-to'g'ri 
bir xil, ayni damda dolzarb bo'lgan ehtiyoj bilan bog'lanmagan, alohida motivasion 
holatga aytiladi. Muammo ma'lum maqsadga erishishga yo'naltirilgan harakatni 
bajarishda organizm engib o'tishi zarur bo'lgan to'siqlarga duch kelganida paydo 
bo'ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko'pincha bir-birini 
almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o'zgarishlariga javob 
beradigan motivasion sub'ektiv holat.


Inson hulq-atvori motivasiyasi ongli va ongsiz bo'lishi mumkin. Bu inson 
hulq-atvorini boshqaruvchi ba'zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan 
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo'lishi mumkin. Shaxs 
yo'nalganligi shakllanishidagi asosiy o'rinni anglangan motivlar egallaydi.
Harakatda motor, sensor va Markaziy tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. 
Ular mos holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish vazifalarini bajaradilar. Faoliyat 
davomida inson tomonidan qo'llaniladigan harakatni bajarish, nazorat va boshqarish 
uslublari ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.
 
 

Download 251.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling