Oila tarbiyasida pedagogik texnologiyani shart sharoitlari
Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon olimlari tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi
Download 114 Kb.
|
OILA TARBIYASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI SHART SHAROITLARI
Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon olimlari tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi.
Tarbiya har qanday jamiyatini muhim vazifasidir.Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatisiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfa’atlarini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehrg oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini ўzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yokiboshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqkiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkibtopishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogliqdir. Bu faktor nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim antomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va quzlarining rangig ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esadan chiqarmaslik kerakki odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bogliq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan beriladi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muhandisixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun harkanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo‘la oladi. Insoniyatni komil inson qilib, ularni baxtli etgan, yuksaklikka yetaklagan bu - yaxshi tarbiyadir. Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy-ma’ na viy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga іamda unutilmas qadriyatlariga asoslanib tashkiliy ijtimoiy – psixologik shakldagi vositalarni ishlab chiqish va uni amalda joriy etish borasida soha mutahasisslsridan yanada mas’uliyat talab etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi, uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va boshqalar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan boshlandi va rivojlanib bordi. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Insonning shakllan ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan ya’ni ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik va boshqa illatlardan himoya qilish esa nihoyatda murakkab jarayon. O‘zbek halqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odati va an’analari, tarbiya g’oyalari va hayotiy tajribasi yillar davomida mukammallashib keldi . Hali tarbiya muassasalari bo‘lmagan davrdayoq, qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovorlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr – shafqatlilik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql – idroki va usullari o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holda shakllandi va rivojlandi. Bola, asosan, oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani shunday tarbiyalash lozimki, u, avvalo, yaxshi o‘qishi va so‘ngra esa, yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyuk allomalari ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor berishgan. Abu Ali Ibn Sino ham mazkur ustuvor masalalarga doir bir qancha asarlar, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan. Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o‘chog‘i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funksiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o‘zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o‘zimurakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarnitadqiq qilishda quyidagicha yo‘l tutishni lozim topdik: Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish.Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so‘zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish choratadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, «oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir.Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan va jamiyat uchun nomaqbul bo‘lgan hodisalar ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi. Mustaqillik sharoitida oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oilalarning ma’naviy-ruhiy tiklanishi va poklanishi muammolariga ham alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Chunki ma’naviyatning yuksakligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda umuminsoniy va milliy tajribalardan foydalanib madaniy hayot kechirishni, bu sohada me’yorga rioya etishni talab qiladi.Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining shakllanishiga sho‘rolar davridagi oila-nikoh munosabatlari, ekologik, demografik, ruhiy oqibatlar vash u kabilar o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Jumladan, sho‘rolar davrida o‘zga mafkura ta’sirida kirib kelgan giyohvandlik, ichkilikbozlik, ota-onalarning ahloqiy-ma’naviy buzuqligi natijasida nosog‘lom hayot kechirayotgan oilalar hozir ham topiladi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning kelajagi qanday bo‘ladi degan savol sog‘lom fikrli jamoani tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1.Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. 2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 114 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling