Oila va oilaviy munosabatlar o’rtasidagi qarashlar


Download 22.75 Kb.
bet1/8
Sana20.10.2023
Hajmi22.75 Kb.
#1713373
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5258378475386975873

Oila va oilaviy munosabatlar o’rtasidagi qarashlar

PP 303- guruh talabari

Bo’riyeva Yulduz

Qudratova to’lg’onoy

Reja:

1. “AVESTO” da oila haqida bayon etilgan fikrlar.

2. Mutafakkirlarining oila xususidagi qarashlari.

3. Islomda oilaviy munosabatlar.

4. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda «Nasihatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» larning ahamiyati.


Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o‘zining bir
qator jihatlari bilan ajralib turadi:
Birinchidan, oila ko‘p muddatga, ya’ni bir necha o‘n yillar va ko‘p yillarga mavjud bo‘ladi;
Ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya’ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
Uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kimningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og‘ir, xulqi buzuq odam bo‘lib tarbiyalanishi mumkin.
Zardushtiylikning qadimiy kitobi — «Avesto»da oila
muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng mas’ulligi, farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan.
OILANING TINCH VA FAROVON BO’LISHI HAQIDA
“ .... Inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o’rin ajratib bersa uyida noz-ne’matlari muhayyo bo’lib, xotin va farzandlari faravon yashasa uyida e’tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari ham mo’l-ko’l bo’lsa, o’sha manzil muhtaramdir” – deb yozilgan.
“Avesto”da qayd qilinishicha

- erkak kishi uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan ta’minlangan bo’lishi, oilada ota yetakchilik qilishi, oilviy munosabatlarga hamma rioya qilishi lozim bo’lgan. Unda er- xotinni sodiqlikga da’vat etilib ularni bir-birlariga g’amxur va mehribon bo’lishiga chaqirilgan shu bilan birga ayolga munosabat , ayolning roli, vazifalari ham belgilab berilgan.


Download 22.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling