Oila, yaxlit tizim, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, iqtisodiy savodxonlik
Download 16.02 Kb.
|
bdcygect
Tayanch tushunchalar: oila, yaxlit tizim, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, iqtisodiy savodxonlik. 1. Oila ikki ustundan iborat: Birinchisi - iktisod, ikkinchisi — ma’naviyat. Oilani shu ikki ustundan birisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Lekin iqtisodda imkoniyatdan, ma’naviyatda sharoitdan kelib chiqmoq kerak. SHunda oila mustahkam qo‘rg‘onga aylanadi. «Eng do‘zaxi ayol — eri imkoniyati darajasidan ortiq talab etuvchi ayoldir», — deb uqtiriladi muborak hadislarda. Oila tutishda ma’naviyatning sharoit ta qozo etgan tomonlari borki, bu xa qda allomalarimiz eslatib o‘tishgan. Beruniy oila qurayotgan qizlarga ota-onaning pand-nasihatlarini keltirib, oiladagi tinch-totuvlik ko‘proq ayollar zimmasiga tushishini ta’kidlab shunday yozadi: «Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovingning hamma hislatlarini bilmaysan. Sen er bo‘l, u esa osmon bo‘ladi. Demak, sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifobaxsh yomg‘iri bilan erni ko‘kartirgani kabi ham o‘z mehru shaf qati ila seni xushnud etadi. Ering sendan fa qat yumsho q va shirin so‘zlar eshitsin, yaramaydigan va eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o‘tirma. Qizim, kuyovingdan kuchi etmagan va sotib olishga qudrati etmagan narsalarni talab qilma. Bunday qilsang orada totuvlik yo‘ qoladi, turli xil janjallar paydo bo‘ladi. Qizim, rash q qilishdan sa qlangin, chunki u ajralib ketishning kalitidir. Eringga hadeb gina qilaverishni man etaman. YAxshisi, sen u bilan xushmuomalada, shirin so‘zli bo‘lgin, bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir. O‘zingga xushbuy narsalar bilan oro bergil. Pokizalik hamisha yo‘ldoshing bo‘lsin». 82 yoshli Lev Tolstoy 1910 yil oktyabr oyining qorli, sovu q tunlaridan birida inji q ayolidan (ayoli boylikka berilgan edi) qutulish ma qsadida uyini tark etib, boshi o q qan tomonga jo‘naydi. Oradan o‘n bir kun o‘tgach, kichkinagina temir yo‘l stansiyasida o‘pka shamollashidan vafot etgan yozuvchining so‘nggi so‘zi shu bo‘ldi: «Xotinimni yonimga yo‘latmanglar». «Be’mani injiqlik — zaxri qotil»,— deydi Deyl Karnegi. «Oqila rafiqam! Agar ering yoningda bo‘lishini istasang, shuning payiga tushginki, toki u hech erda sening huzuringdan kabi rohat-farog‘at va muloyimlikka duch kelmasin»,— deb yozganida buyuk olim Pifagor ming karra haqli edi. 2.Axloq kishilarning xulq-atvor normalari vaqoidalarini, ularning o‘z-o‘ziga boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlolar tomonidan to‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Axloq ilmiy yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo‘lini yoritib boradi. har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. CHunki shaxsning ichki va tashqi olamini o‘rganish, bilish, tahlilqilish g‘oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu xislatlarning aksi-beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida ko‘rinadi. har bir xalqning nufuzi va obro‘-shuhrati kishilarning axloq-odobi, yaxshi xislat fazilatlari bilan belgilanadi. O‘zbeksitonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida mazmunan boy ishlarqilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan 1998 yilni “Oila” yili deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” deyiladi. O‘zbeksiton Respublikasi 1-Prezidenti I.A. Karimov va hukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida bilib, unga nisbatan g‘amxo‘rlikqilmoqda, uning moddiy-maishiy ravnaqi uchun butun imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jumladan, yurtboshimiz, oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida shunday deydi: “Bola tug‘ilgan kundan boshlab, oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar,qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhim farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi xis etadi”. Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yish, mustahkamlash, yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. Oila tarbiyasi deganda ota-ona, oiladagi katta kishilar, buva-buvilar, aka-opalar tomonidan bolalarning to‘g‘ri milliy axloq-odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim. Zotan etishishi ota-ona, aka-opa va boshqalarning o‘zaro muomala munosabatlariga xulq-atvoriga bog‘liq. Xalqimiz: “qush uyasida ko‘rganiniqiladi” deb bejiz aytmagan. Oila tarbiyasi kabi katta ma’suliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. SHu o‘rinda bir narsani alohida aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sir chan kuch-qudrat bu – Onadir. Ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlariniqondirish va ta’minlash,qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalarining tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota- Download 16.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling