Оilаdа bоlаlаr bilаn mulоqоtni yo‘lgа qo‘yishning pеdаgоgik-psiхоlоgik shаrt-shаrоitlаri
Download 0.99 Mb.
|
ОILАDА BОLАLАR BILАN MULОQОTNI YO‘LGА QO‘YISHNING PЕDАGОGIK-PSIХОLОGIK SHАRT-SHАRОITLАRI
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i- otaning roliga alohida e’tibor beradi: “Agar oilada –deydi u, oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin” Ma’naviy –axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg’u beradi. va ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb -hunar o’rgatishga chaqiradi.
Ota- onalarimiz bobo- momolarimizdan, biz esa ota –onalarimizdan , farzandlarimiz esa bizdan o’rganadilar. Avlodlar vorisligi ham ana shundan kelib chiqadi. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki avlod- ajdodlarimiz axloqiy fazilatlarni bir- birlariga o’rgatib, bir- birlaridan o’rganib kelgan. O’zbekona milliy axloqda ota- bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doim madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Oilada shaxsni axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidan boshlanadi.
U ko’pgina omillar ta’sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri ota- onalarning namunasi ulardagi umum ta’lim darajasi umum madaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan iborat. Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’inidir. U o’zida oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari ,mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning o’z hayotlari turmush tarzlari bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko’rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling