ikkinchi majburiyat - tarbiyaviy majburiyatni ta’minlashda ota-onalar ko‘proq muammoga duch kelmoqda. Ya’ni, puli ko‘p, biroq bolani qanday tarbiyalash kerak, degan savollarga javoblari - kam. Ularda pedagogik kompetentlilik - bilim, ko‘nikma, malaka, xohish yetishmayotgani sezilmoqda deb takidlaydi pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov o‘zining “Bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi kerak” deb nomlangan maqolasida.
Demak bugungi kunda ota-onalar ko‘proq tarbiyalash mezonlari va metodlari haqida o‘ylashlari lozim.
XXI asrda barkamol farzand tarbiyasining negizi sifatida oila (ota-ona), maktab (pedagog), mahalla (qo‘ni-qo‘shni, nuroniylar, mahala faollari), ijtimoiy muhit (tengqurlari, atrofidagi insonlar) o‘z mavqeini saqlab qolaveradi.
Shaxsni tarbiyalash quyidagi manbalar asosida amalga oshirilishi mumkin:
muayyan tizimli, uzluksiz tarbiyaviy, dasturiy ta’sir orqali;
ideal, namuna timsolida o‘z-o‘zini tarbiyalash, takomillashtirish;
ijtimoiy muhitdagi shaxslararo munosabatda tahlil qilish, ibrat olish vositalari yordami bilan xulq-odob, fikrlash malakalarini egallash;
ajdodlarimiz yaratgan badiiy, falsafiy, san’at asarlarini o‘zlashtirish orqali yangi xislatlarni o‘zlashtirish kabilar.
Bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi, tarbiya metodlarini puxta o‘zlashtirmog‘i lozim, chunki farzand ta’lim-tarbiyasiga tikilgan sarmoya - eng yaxshi ishonchli sarmoyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |