Оилада кизларни мустакил оилавий хаётга тайёрлаш муаммолари
Download 38.86 Kb.
|
Оилада кизларни мустакил оилавий хаётга тайёрлаш муаммолари
Oilada qizlarni mustaqil oilaviy xayotga tayyorlash muammolari Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo’gini sifatida muayyan xalk, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilalarning mustaxkam bo’lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning iktisodiy, ma’naviy rivoji, jamiyatda amal kilinayotgan ma’naviy-axlokiy me’yorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat ma’naviy kiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga boglikdir. Shu bois asrlar davomida xar kanday geografik makon va ijtimoiy zamonda xam yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy xayotning yo’lga ko’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish xamda sulola an’analarini davom ettirish masalalariga aloxida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muxim o’rni xamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov kuyidagilarni kayd etib o’tadi: “Oila bizning xalkimiz uchun millatning ko’p asrlik an’analari va ruxiyatiga mos bo’lgan goyat muxim xayotiy kadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy kadriyatlardan, an’analardan baxramand kilish, bilim darajasini oshirish uchun kulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik choglaridanok mexnatsevarlikni, kattalarga xurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar” (11, 253-bet). Darxakikat, oila muxitida shaxsning xar jixatdan barkamol bo’lib voyaga etishi uchun zarur bo’lgan omillar, chunonchi, oila xo’jaligini boshkarish jarayonida oila a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi xukukiy, iktisodiy, psixologik, ekologik, estetik va xokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloka aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustakil xarakat kilish layokatini, kobiliyatini shakllantirishga xizmat kiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O’zbekiston Respublikasining mustakilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iktisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy rakobat karor topayotgan o’tish davrida mustaxkam oilalarni shakllantirish xar kachongidan xam dolzarblik kasb etmokda. Turkiy xalklarda oilaga mukaddaslik xamda daxlsizlik makomi berilgan. Oila kurish xodisasiga balogat yoshiga etgan yigit va kizlar tomonidan ijtimoiy vazifalardan birining amalga oshirilishi sifatida yondoshilgan. Xususan, zardushtiylar dinining mukaddas kitobi bo’lgan “Avesto” da balogat yoshiga etgan xamda oila kurish kuvvatiga ega bo’lgan yigitlarning oila kurishdan bosh tortishi yoki bu xakida fikr bildirishi ijtimoiy burchni bajarishdan bosh tortishni anglatuvchi xarakatdir deya baxolanganligi va bunday xarakatga nisbatan maxsus jazo turlarining belgilanganligi (peshonaga tamga bosish yoki belga ogir zanjir boglab ko’yish kabilar) bayon etiladi (J.¢.Yo’ldoshev, S.Xasanov. ”Avesto” da axlokiy-ta’limiy karashlar. - T.: O’kituvchi, 1992, -bet)., Ayrim ob’ektiv sabablarni istisno etgan xolda oilaning buzilishiga unda istikomat kilayotgan kishilarning ma’naviy-axlokiy jixatdan etuk va oilaviy xo’jalikni yuritish kuvvatiga ega emasligidan dalolat beruvchi xolat sifatida karalgan. Oilaning xar bir a’zosi uning sha’ni, or-nomusi uchun kurashishni, shuningdek, obro’-e’tiborini yukoriga ko’tarishni o’zi uchun sharaf deb bilgan. Oila sha’ni, or-nomusini saklab kolish yo’lida xatto o’z jonlarini kurbon kilganlar. Oilada tarbiya topayotgan kizlarga avlodlar davomiyligini ta’minlovchi bo’lajak ona sifatida aloxida mexr-muxabbat va raxm-shafkat ko’rsatilgan. Shark xalklarida kiz bolalarning tarbiyasiga aloxida e’tibor karatilgan, moddiy ta’minoti yukori bo’lgan oilalar pokiza, okila, dono, katta xayotiy tajribaga ega ayollarni o’z kizlari uchun enaga etib tayinlagan va ularga kizlarining tarbiyasini ishonib topshirganlar. Oila boshliklari bo’lgan erkaklar oilaning moddiy ta’minotini yaratish ishi bilan band bo’lganliklari bois, ona doimo farzandlari yonida bo’lib, ularning tarbiyasi bilan shugullangan. Shu sababdan ona farzandlarning kamoloti uchun javobgar, mas’ul shaxs xisoblangan. Oilada kizlar tarbiyasini tashkil etishda kizlarda ana shu mas’uliyatli vazifani bajarish, shuningdek, ro’zgor xamda oila xo’jaligini yuritish, oilaning boshka a’zolariga nisbatan gamxo’rlik ko’rsatish borasidagi muayyan ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasiga aloxida e’tibor karatilgan. Xalkimiz oilada kizlar tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega. Mazkur tajriba mazmuni sharkona odob - axlok, xayo - ibo, pokizalik xissi bilan yo’grilgan pand - nasixatlar, mutafakkirlarning karashlari, ilmiy - nazariy va amaliy goyalardan tashkil topgan. Uzok yillar davomida oilaviy munosabatlarni yo’lga ko’yishda ana shu tajribaga tayanib ish ko’rildi. Ilm-fan, texnika va texnologiya tarakkiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi oilada kizlar tarbiyasini tashkil etish ishi mazmuniga nisbatan yangidan-yangi talablarni ko’ymokda. Zero, ayollarning ijtimoiy mavkeini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini ta’minlash, tafakkur doirasi va dunyokarashini kengaytirish muammolari ijtimoiy munosabatlarning chukurlashuvi va murakkablashuvi sharoitida xar kachongidan xam dolzarb axamiyatga ega. Manfaatlar to’knashuvi, bashariyatning ma’naviy-axlokiy me’yorlarga nisbatan ziddiyatli yondoshuvi, axborotlarning tezkor almashuvi sharoitida oila tarbiyasini yo’lga ko’yishda samaradorlikka erishish, kizlarda erkin, mustakil fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik kobiliyatlarini shakllantirish milliy o’zlikni saklab kolish, barkamol avlod tarbiyasini yo’lga ko’yish, oila mustaxkamligini ta’minlash, uning farovonligini oshirish, oilada soglom ma’naviy muxitni karor toptirishning eng muxim omillaridan biridir. Mustaxkam oilalarni shakllantirishning eng muxim shartlaridan biri bu yoshlar, xususan, kizlarni oila kurish, mustakil oilaviy xayotni tashkil etish, oilada soglom ruxiy muxitni karor toptirish, farzandlar tarbiyasini samarali tashkil etish jarayoniga muvaffakiyatli tayyorlashdir. Mazkur jarayonning moxiyati kuyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, yoshlarda nikox xamda oilaviy xayot, shuningdek, ikki jins o’rtasidagi munosabatlar moxiyati borasida to’gri tushunchalar xosil bo’ladi; ikkinchidan, ularni nikox xamda oilaviy xayotni tashkil etish jarayoniga ruxiy jixatdan tayyorlaydi; uchinchidan, yoshlarda nikoxga kirishish xamda oilaviy xayotni tashkil etish (oila a’zolari o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, oila a’zolari (kaynota, kaynona, kaynsingil va kaynogalar) bilan mulokotni yo’lga ko’yish, oila xo’jaligini boshkarish, pazandalik xamda bichish - tikish ishlarini yuritish, biologik kovushish, farzandlar tarbiyasini olib borish va xokazo jarayonlarni tashkil etish borasida amaliy ko’nikma xamda malakalarni shakllantiradi. Oilada kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash murakkab pedagogik jarayon sanalib, mazkur jarayonning samarali tashkil etilishi bu boradagi muayyan kamchilik va muammolarning bartaraf etilishi bilan belgilanadi. Ayni vaktda esa oilada kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash borasida bir kator muammolar mavjud bo’lib, ular kuyidagilardan iboratdir: 1. Ota-onalarning oilada kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash jarayonining moxiyati xususida to’la ma’lumotga ega emasliklari. Milliy etnopsixologik xususiyat (Ota-onalarning o’z farzandlari bilan ma’lum masalalarda ochik oydin mulokotda bo’la olmasliklari, ichki kechinmalarini atrofdagilarga oshkor kilavermaslik lozimligi, oilani moddiy jixatdan ta’minlash erkak kishining burchlaridan biri ekanligi, farzandlar tarbiyasi uchun mas’ullik keksa avlod zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan biri ekanligi borasidagi karashlar, shuningdek, kelin va kuyov munosabatlarining mazmunini ularga anglatish vazifasini kizning yanga (kelin oyi) lari, yigitning oshnalari zimmasiga yuklash an’analarining mavjudligi ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, chunonchi, kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash jarayonining moxiyatini to’la tushunmasliklariga sabab bo’lmokda. 2. Ota-onalar tomonidan yoshlar, shu jumladan, kizlarni oilada mustakil oilaviy xayotga tayyorlash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish imkonini beruvchi manbalarning etarli darajada mavjud emasligi. O’zbekiston Respublikasi mustakillik yillarida milliy kadriyatlarni kayta tiklash, o’tmish meros va unda ilgari surilgan goyalarni o’rganish, yosh avlodda milliy ma’naviy kadriyatlar xamda milliy madaniy merosni o’rganishga nisbatan kizikish va extiyojni karor toptirish, ularga nisbatan xurmat uygotish, ularni asrash xamda boyitish borasida muayyan mas’ullikni shakllantirishga karatilgan ijtimoiy xarakatning yo’lga ko’yilishi natijasida necha ming yillar davomida yaratilgan va oila, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar moxiyati, farzandlar tarbiyasini olib borish masalalari to’grisida fikr yurituvchi asarlarning fors, arab, shuningdek, kadimiy turkiy tillardan tarjima kilinishi, zamondosh pedagog, psixolog va fiziolog olim (mutaxassis)lar tomonidan so’z yuritilayotgan muammo doirasida tadkikot ishlarining olib borilishi tufayli ayni vaktda muayyan manbalar majmuasiga ega bo’ldik. Birok ushbu manbalar majmuasi mustakil oilaviy xayot bo’sagasida turgan yoki o’smirlik xamda o’spirinlik yosh davrini o’z boshlaridan kechirayotgan kizlar xissasiga nisbat bo’la olmayapti. Bizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida istikomat kiluvchi axoli sonining kariyib 50 foizdan ortigi (demak, ushbu ko’rsatkich umumiy rakamlarda ifoda etilsa, taxminan 12,5 mln. nafar kishiga to’gri keladi) ni yoshlar tashkil etadi. Respublikaning etakchi kutubxonalarining fondi bilan tanishish oila, uning vujudga kelishi, oilaviy munosabatlar mazmuni, oila xo’jaligini yuritish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaviy muammolar, oilaviy ajrimlar xamda ularni keltirib chikaruvchi omillar, ularni bartaraf etish, shuningdek, yoshlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash masalalarini yorituvchi adabiyotlar soni taxminan 500 ta (o’zbek va rus tillarida chop etilgan adabiyotlar) dan oshmasligini ko’rsatdi. Oddiy matematik xisob-kitob asosida mazkur ko’rsatkichlar nisbatini topishga xarakat kilaylik, ya’ni, 12.500.000G’500. Ushbu xolatda nisbat 25.000 ga teng bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, Respublika kutubxonalarida mavjud bo’lgan, oila mavzusida yaratilgan adabiyotlarning xar biri 25.000 nafar yosh (yigit kiz) ga bittadan to’gri keladi. Ota-onalarning ijtimoiy mexnat bilan bandligi, oilaviy munosabatlarning ayrim jixatlari xususida ota-onalar xamda farzandlar o’rtasida erkin mulokotning tashkil etilish imkoniyatining chegaralanganligi, ta’lim muassasalarida oilaviy xayotning barcha kirralari to’grisida ma’lumotlar berish mumkinligi xakikatdan yirok ekanligini xisobga olsak, 25.000 nafar yosh yigit - kizlarning 0,2 foizigina maxsus adabiyotlar orkali oilaviy xayot, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlarning tub moxiyati, ularni samarali yo’lga ko’yish, ota - ona xamda farzandlar o’rtasida samimiy, o’zaro ishonchga asoslangan munosabatni o’rnatish, oilaviy muammolarni ortikcha xissiyotlarsiz, janjallarsiz xal etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish shartlari to’grisida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’lar ekanlar. 3. Oila, shuningdek, ota-onalarga ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari xamda muayyan mutaxassislik yo’nalishlarida faoliyat yurituvchi idoralar tomonidan ko’rsatilayotgan nazariy va amaliy yordamning ijtimoiy extiyojlarga nisbatan proportsional emasligi. Bizga yaxshi ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi axolisining kariyib 70 foizdan ortigi kishlok va ovullarda istikomat kiladilar. Mustakillik sharoitida olib borilayotgan ijtimoiy o’zgarishlarning sezilarli samaralar berayotganligiga karamay, kishlok axolisining turmush darajasini yaxshilash, ularga maishiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasidagi jiddiy muammolarni to’la to’kis bartaraf etishga muvaffak bo’linmadi. Ushbu xolat bozor iktisodiyoti munosabatlarining karor topishi bilan boglik ravishda yuzaga kelgan muammolar tufayli o’z kuchini saklab kolmokda. Ya’ni, axolining ish o’rni bilan etarli darajada ta’minlanmaganligi, oylik maoshlarni ishchi xizmatchilarga doimiy ravishda va muddatida etkazib berishdagi uzilishlar, ayrim jamoa xo’jaliklaridagi iktisodiy tanglik, muayyan ishlab chikarish korxonalarining sanatsiyaga tushirilishi (bankrot deb e’lon kilinishi) va xokazo xolatlar mazkur joylarda faoliyat olib borayotgan xizmatchilarni ijtimoiy axvolining yomonlashuvini ta’minlovchi ob’ektiv omillar bo’lib kolmokda. Ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari xamda muayyan mutaxassislik idoralari oldida turgan ichki muammolar xam axoli, xususan, kishlok axolisi o’rtasida uzluksiz, izchil va tizimli ravishda maishiy, tibbiy va ijtimoiy yordamlarni ko’rsatish imkonini bermayapti. Eng achinarlisi, oila va ta’lim muasssasalari o’rtasida bir necha o’n yillar davomida shakllangan xamda yoshlar ta’limi va tarbiyasini muvaffakiyatli tashkil etish borasida muayyan an’ana va tajribaga ega bo’lgan “Oila va ta’lim muassasasi” xamkorligi barxam topmokda. Bugungi kunda ular o’rtasida olib borilayotgan xamkorlik turli boskichdagi ta’lim muassasalarining ichki muammolari (ta’lim muassasasi binolarini ta’mirlash, ularda sanitariya xolatini saklash, o’kuvchilarni muayyan darajada ragbatlantirish va xokazo kabi extiyojlarni kondirish) ni ijobiy xal etish maksadida pul mablaglarini yigishdangina iborat bo’lib kolmokda. Oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash muammosi doirasida kishlok axolisi o’rtasida olib borilayotgan tadbirlarning uzluksiz, tizimli xamda izchilligi ta’minlanmayapti. Ma’lum vaktda bu boradagi tadbirlarning o’tkazilishiga katta mikdordagi kuch va mablag sarflangani xolda ayrim vaktlarda mazkur mavzuning mutlako unutilishiga yo’l ko’yilmokda. 4. Ommaviy axborot vositalari orkali oila moxiyati, oilaviy xayotni tashkil etish, farzandlar tarbiyasini muvaffakiyatli olib borish, oilaviy munosabatlar mazmuni, shuningdek, oilaviy nizo va ajrimlarni keltirib chikarayotgan sabablar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari xususida namoyish (yoki chop) etilayotgan ko’rsatuv, eshittirish yoki chikishlar saviyasining yukori emasligi. Oila muammosiga doir mavzularda vaziyat yoki xolatlarni chukur taxlil etishga asoslanib tayyorlanayotgan ko’rsatuv, eshittirish yoki chikishlarning yo’kligi, mavjud ko’rsatuv, eshittirish yoki chikishlar mazmunining bir yoklamalik kasb etayotganligi ota-onalarning yoshlar, shu jumladan, kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash borasida ma’lum ma’lumotlarga ega bo’la olmayotganligiga xam sabab bo’lmokda. 5. Respublikada yuz berayotgan ijtimoiy iktisodiy o’zgarishlar axoli ma’naviy axlokiy karashlarining yangicha mazmun kasb etishiga olib keldi. Ayni vaktda axoli ruxiyatida ro’y berayotgan kechinmalarning aksariyat kismini moddiy extiyojlarni kondirish ishtiyoki egallagan bo’lib, bu xolat o’z-o’zidan ma’naviy extiyojlarni kondirish istagidan ustun mavke egallashiga sabab bo’lmokda. To’gri organizmning yashovchanlik kobiliyatini ta’minlash, tiklash va kayta tiklash manbai bo’lgan moddiy manbalarga ega bo’lmasdan turib, muayyan ishlab chikarish yoki yaratuvchanlik faoliyatni olib borish mumkin emas. Birok ana shu faoliyat mazmunini ezgu goyalar bilan boyitmay turib, ko’zlangan maksadga xam erishib bo’lmaydi. Insonni ijtimoiy jamiyat, atrofdagi kishilar yoki o’zi uchun foydali bo’lgan xatti xarakatni tashkil etishga yo’llovchi omillardan biri bu uning oilasi muxitidagi tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro xamjixatlilik va xamkorlik xisoblanadi. Oilaviy tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o’rtasida o’zaro xamjixatlilik va xamkorlikni karor toptirishning kafolati esa yoshlar, shu jumladan, kizlarni mustakil oilaviy xayotga puxta tayyorlash, ularda ma’lum oilaviy kiyinchilik va muammolarni bartaraf eta olish layokatini shakllantirish sanaladi. Shu bois mazkur muammoning ijobiy xal etilishi xam dolzarb pedagogik masalalardan biridir. Bizning nazarimizda, yukorida kayd etilgan muammolarning ijobiy echimini kuyidagi faoliyatlarni yo’lga ko’yish orkali ta’minlash mumkin bo’ladi: 1. Ota-onalar o’rtasida oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash muammosining nazariy va amaliy jixatlarini to’lakonli yoritib berishga xizmat kiluvchi targibot va tashvikot ishlarini samarali, tizimli va uzluksiz tarzda yo’lga ko’yish lozim. Ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash ularning porlok kelajagi va baxtli xayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to’grisidagi tushunchani xosil kilish, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chukur egallashga bo’lgan ichki extiyoj va ragbatni shakllantirish tadkikot muammosining ijobiy echimini ta’minlashga yordam beradi. 2. Respublika “Oila” ilmiy - amaliy Markazi raxbarligida oila muammolari bo’yicha ilmiy tadkikotlar olib borayotgan etakchi olimlar, pedagog, psixolog, fiziolog, shuningdek, turli yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, katta xayotiy tajriba va pedagogik maxoratga ega o’kituvchilarning ijodiy kuchidan samarali foydalanish, ularning faoliyatini muvofiklashtirish, zarur vaziyatlarda ular tomonidan bildirilayotgan tashabbuslarni ko’llab kuvvatlash, shuningdek, ular mexnatining ma’naviy jixatdan ragbatlantirilib borishiga erishish maksadga muvofikdir. 3. Oila sharoitida kizlarni mustakil oilaviy xayotga tayyorlash borasida oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida mustaxkam alokani yuzaga keltirish ular o’rtasida doimiy ravishda axborot almashuvining yo’lga ko’yilishi, xususiy muammolarni xal etishda ularning bir birlarini ko’llab kuvvatlashlariga erishish, shuningdek, bir-birlariga nisbatan ishonch xissini karor toptirish oilaviy ajrimlar sonining ortib borishini oldini olishga yordam beradi. 4. Ommaviy axborot vositalari orkali chukur ilmiy taxlil xamda metodik tavsiyalarni berishga asoslangan oila moxiyati, oilani shakllantirish, oila a’zolarining o’rtasida o’zaro ishonch, ularning xis tuygu, kechinma va o’y fikrlarning xurmat kilinishiga asoslangan munosabatni karor toptirish, farzandlar tarbiyasini muvaffakiyatli tashkil etish, oila xo’jaligini samarali boshkarish va xokazo mavzulardagi ko’rsatish, eshittirish xamda chikishlarning berib borilishi birinchidan, oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga zamin xozirlasa. ikkinchidan, oila xamda ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida axborot almashuvining yo’lga ko’yilishiga imkon beradi. 5. Ota-onalarda moddiy extiyojlarnigina emas, balki ma’naviy extiyojlarning xam birdek kondirilishi ro’y berilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga yordam berajagi borasidagi karashni shakllantirish lozim. Insoniyat tomonidan to’plangan asriy xayotiy tajriba moxiyatiga ko’ra kaerda insonlar ma’naviy extiyojlarning kondirilishini asosiy o’ringa ko’ygan bo’lsalar, o’sha erda moddiy ishlab chikarish xam tez sur’atlar bilan rivojlangan. Bu esa insonlarning farovon turmushini yaratilishiga asos bo’lib xizmat kilgan. Download 38.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling