Oilada muloqot madaniyati va muloqotdagi to’siqlar. Annotatsiya
Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to’siqlar
Download 23.49 Kb.
|
Muhammidiyeva X
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli to’siqlar
Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to’siqlar
Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan to’siqlarning quyidagilarini farqlaydilar:psixologik, vaziyatli, mazmuniyva motivatsion to’siqlardir. Psixologik to’siqlar─bu sherigiga ma’qul tushmay qolish, tushunilmay qolishdan qo’rqish, eng ezgu hislarini va niyatlarini samimiy izhor etishiga javoban qo’pollik bilan javob berilishi mumkinligidan xavotirlanish kabilar tufayli intellektga oid mehribonlika oid, kuchga oid shaxsiy imkoniyatlarni namayon qilish va amalga oshirishga xalaqit beruvchi, o’ziga xos ichki psixik tormozdir. Vaziyatli to’siqlar ─bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlisha tushunishlai, unga tulicha yondashishlari bilan bog’liq. Mazmuniy to’siqlar─odatda suhbatdoshni tushunmaganlim tufayli uning mazkur jumlasi qanday manoda aytilgani, u qanday fikrni ilgari suryabdi, nimani nazarda tutyabdi, nimaga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli yuzaga keladi. Motivatsion to’siqlar─ shunday vaziyatlarda yuzaga keladiki, bunda gapirayogan odam yo o’zi bayon qilayotgan fikrning motivni yetarlicha anglay olmaydi yoki atayin ularni (asosiy motivni) yashirishga harakat qilayotgan bo’lishi mumkin. Blardan tashqari muloqotga to’siq bo’lib suhbatdoshlarni psixologik madaniyatlilik nuqsonlaridan biri, yani ularning na eshitishni van a tinglashni bilmasligi, teskari aloqaning yo’qligi xizmat qilishi mumkin.Odamlar o’rtasida suhbat ko’pincha ularda aqlning yetishmasligi tufayli emas, balki ularning xudbinligi tufayli: har bir o’zi haqida yoki o’zini qiziqtiradigan masalalar haqida gapirishga intilishligi tufayli kutilganidek amalga oshmay qolishi mumkin.Oqibatda bitta ,,aqlli’’ diolog o’rniga, ikkita behuda, hatto zararli monolog amalga oshadi.Shuning uchun ham muloqotda suhbatlashish san’atiga o’rganish, ijtimoiy-psixologik madaniyatni egallash, o’zi, o’z kayfiyati va hissiyotlarini boshqara olish, bilim va malakalarini ishlab chiqish o’z gapi bilan suhbatdoshini qiziqtira olish qobiliyatini rivojlantirishga erishish kerak. Biroq Buning uchun birinchi navbatda har qanday muloqotning, o’z suhbatdoshlarning ehtiyojlari , xoxishlarini qondira oladigan odamgina hurmatga erisha olishligini yodda tutishi lozim. Download 23.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling