Oilada sog’lom bola tarbiyalashda o’zaro munosabatlarning pedagogok-psixologik munosabatlari
Download 1.09 Mb.
|
bbbb
Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda 22 hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi.Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiyma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi.Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling