Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam ko'rsatish shakillari


Oilaning reproduktiv vazifasi


Download 27.96 Kb.
bet2/4
Sana09.11.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1758946
1   2   3   4
Bog'liq
Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam ko\'rsatish shakillari

Oilaning reproduktiv vazifasi (productio lotincha so‘z - qayta ishlab chikarish, ko‘payish). Oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan reproduktiv(jamiyatning biologik o‘z luksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Reproduktiv vazifani inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. hozirgi kunda 2-3 ta odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormokda. Bunday odamlarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydilar: ta’lim olishda, ishda, malakasini oishirishda, o‘zining qobiliyatini amalga oshirishda. Afsuski, bolaga ega bo‘lmaslik faqat mavjud bo‘lmay, ba’zilari farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lganlarda, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib brmokda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari, o‘sib borishi sababli bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormokda, aholining sog‘likni sifati va mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanishi darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, ahlqksiz hayot kechirish, yomon ovkatlanish, kasalligi va boshqa va boshqa turli xil sababli yoshi katta aholining 10 15% sog‘ligi holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas.
Iqtisodiy va xo‘jalik turmush vazifalari. Qadimdan oila har doim jamiyatning boshlang‘ich xujalik tashkiloti bo‘libkelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalari taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Qadimdan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko‘plari (ovkat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi.
Iqtisodiy vazifasi. Oila a’zolari uchun boylik to‘plash bilan bog‘lik bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiriladigan buyumlar, tuyga, voyaga yetish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iktisodiy o‘zgarishlar oilaning mol mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyini xususiylashtirish, meros qilib koldirish va shu kabilar masalalaridagi iktisodiy vazifasi yanada faollashib bormokda.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling