Oilaga sadoqat va g`amxo`lik yuksak ma`naviy odob


Download 0.75 Mb.
bet2/2
Sana13.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1265706
1   2
Bog'liq
oila tarbiyasi boshqariladigan tizim

OILA IQLIMI

  • Oila jamiyatning asosiy bo’g'ini yoki oddiy qilib aytganda, davlat ichidagi kichkina davlat sifatida o’ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Oilalarimiz qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyatimiz shuncha mustahkam bo’ladi, xalq iborasi bilan aytganda, sinchi mustahkam imorat qulamaydi. Respublikamizda oilaga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Yoshlarimizning sog’lom va mustahkam oila qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Oila jamiyatning asosini tashkil etar ekan, xo’sh, oilaning asosini nima tashkil etadi? Albatta, oilaning asosini qonuniy nikoh tashkil etadi. Chunki faqat qonuniy nikohgina oilada er-xotin va bolalar o’rtasida o’zaro huquq va majburiyatlarga asos bo’ladi. Oila kodeksida nikoh tuzishning ixtiyoriyligi belgilab qo’yilgan. Lekin fuqarolarimiz, oila qurish oldidan bu ixtiyoriylik orqasida, yuqorida ta’kidlanganidek, ayni vaqtda jamiyat oldida, tug’ilajak farzandlar oldida muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat turganligini his qilishlari lozim.O’zaro qonuniy nikohda bo’lgan er-xotindan farzand tug’ilganida, ulardan birining arizasiga ko’ra tug’ilish to’g'risidagi yozuvlar daftarida va bolaning tug’ilganlik haqida guvohnomasida ular ota-ona deb yoziladilar.

OILA IQLIMI

MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT ASOSI

  • Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni beqiyosdir. Xalqimiz azaldan oilaga muqaddas dargoh, shaxs kamolotining beshigi sifatida qaraydi. Binobarin, inson oila bag‘rida dunyoga keladi, hayot haqidagi ilk tushunchalari shu yerda paydo bo‘ladi. Murg‘ak qalbda yaxshi fazilatlar, ezgu g‘oya va maqsadlar ham oiladagi ma’naviy muhit tufayli uyg‘onadi.
  • – Mamlakatimizda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, uning huquqiy asoslarini yaratishga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora Rustamova. – Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga “Oila” alohida bob sifatida kiritilgan. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va boshqa qonunlarida ham xalqimizning oilaga munosabati, o‘ziga xos qarashlari nuqtai nazaridan tegishli qoida va me’yorlar belgilangan. 1998 yil yurtimizda Oila yili deb nomlandi hamda maxsus davlat dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Joriy yilda hayotga tatbiq etilayotgan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi asosida ham, jumladan, yosh oilalarga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, sog‘lom va mustahkam oilani qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratish kabi ezgu maqsadlar mujassam.
  • FARZANDLARNING HUQUQLARI

OILAVIY MA`NAVIY IJTIMOIY MUHITDAGI O`RNI

  • Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi
  • O`zbek oilalarda axloqiy tarbiyaning o`rni
  • Demokratik
  • toifa
  • Avtoritar obro`talab toifa
  • Liberal toifa
  • Anormal toifa

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling