Oilamizda bitta akam, va bir ukam bor
Download 24.29 Kb.
|
miyoriy hujjatlar
HISOBOTI
2023-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiadada 4 ta to‘qqizinchi sinfdan 20 o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga doir uchtadan masala yechishdi va bittadan dastur tuzishadi. Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ergasheva Nodira tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra IX ”A” sinf o‘quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball to‘plab birinchi, IX ”D” sinf o‘quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to‘plab ikkinchi, IX ”A” sinf o‘quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o‘quvchisi Azizov Ro‘zmurodlarning har biri 80 balldan to‘plashib uchinchi o‘rinni egallashdi. Hakamlar Informatika fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan IX “A” sinf o‘quvchisi Madaminov Ramazon va IX “D” sinf o‘quvchisi Jahongirov Temurbeklarni informatika fani bo‘yicha Guliston shahar o‘rta umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli uchinchi o‘rinni egallashgan IX ”A” sinf o‘quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o‘quvchisi Azizov Ro‘zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo‘limi faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizom qoidalariga to‘la rioya etilgan holda o‘tkazildi. Informatika fani o‘qituvchisi: imzo Sattorova G. 2023.27.01. Download 24.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling