Oilamizda bitta akam, va bir ukam bor
Download 24.29 Kb.
|
miyoriy hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zga chiqdi
- Qaror qilindi
K u n t a r t i b i:
1. Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2016-2017-o‘quv yilida guruhda amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash.. Ma’ruzachi – Dorf T.V. 2. Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi - guruh “Kamolot” YIH yetakchisi Urcheva L.A. 3. Har xil masalalar. Eshitildi: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi byurosi tomonidan o‘tgan o‘quv yilida guruhda amalgam oshirilgan ishlarga batafsl to‘xtaldi(byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U so‘zining oxirida yig‘ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini hamda byuroning yangi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejsini muhokama qilishdi. So‘zga chiqdi: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar mazkur masala yuzasidan so‘zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining ishlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini o‘tgan o‘quv yilida yaxshi faoliyat ko‘rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta saylash taklifini bildirishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish rejasi bo‘yicha bildirgan qo‘shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi. Qaror qilindi: 1. Guruhda yangi o‘quv yili boshidanoq tartib-intizomning bo‘shashganligi qayd etilsin va tartib-intizomni buzuvchilar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlardan ulgurmayotgan talabalarga ko‘maklashish guruh kasaba uyushmasi byurosining yangi tarkibi a’zolariga yuklatilsin. Eshitildi: yig‘ilish kun tartibidagi har xil masalalar bo‘yicha guruh oqsoqoli B.Sayfulov so‘z olib, dars jadvalidagi o‘zgarishlar, obuna hamda dekanat tomonidan berilgan har xil topshiriqlarni talabalarga yetkazdi. Shu bilan guruh kasaba uyushmasi a’zolari yig‘ilishi o‘z ishini tugatdi. Yigilish raisi: Tursuntoshov A.B. Yig‘ilish kotibi: Hatamova L.Ch. Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabalar kasaba uyushmasi byurosi raisi S.Anorovga shu fakultet biologiya bo‘limi 4-kurs guruhi talabasi Sattorova Gulxayodan ARIZA Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2022-yil 28-29-dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo‘lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o‘rinli avtobus olishimizga yordamlashishingizni so‘rayman. Yo‘l xarajatlarini naqd pul bilan to‘laymiz. 2022.26.12. imzo Sattorova G. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lm vazirligi
Download 24.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling