2. O'zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni. "O'zbekistonda nikohdan o'tish darajasi yuqon va eng muhimi, oilalarning buzilishi eng past darajada" I.A.Karimov "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida" kitobida ta'kidlaydi yurtboshimiz.
Sharqda oilaviy munosabatlar odob-axloq milliy, umuminsoniy qadriyatlar, diniy mezonlarga asoslanadi.
Bunday oilalarda yangilikni qabul qilishda katta, o'rta va yosh avlodlar bir-biridan farq qiladilar. Yoshlarning mustaqilligi cheklanadi. Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat uning nuklearligidir — er-xotin va bolalardan iborat bo'lib, qaynona-kelin nizolari kamroq bo'ladi.
Turli oilalarda munosabatlarning farqlanishi:
1. "Demokratik" toifa. Oila a'zolarining barchasiga katta huquq va erk beradi, nisbatan tenglik hukm suradi. Наг bir shaxs izzat-hurmat qilinadi. Zamon ruhiga mos fazilatlar shakllantiriladi. Oila boshlig'i bo'lgan ota-onaning diqqat e'tibori farzandlariga yuksak axloq me'yorlari va qoidalarini singdirish qaratiladi.
2. "Avtoritar" obro'talab toifa. Ota-onaning obro'si yetakchi rol o'ynaydi, oila a'zolarining mustaqilligi, erkinligi, tashabbuskorligi o'z ahamiyatini yo'qotadi, ularning yurish-turishi kattalar tomonidan cheklab qo'yiladi, natijada o'zaro mehr-oqibat pasayadi.
3. "Liberal" toifa. Oila doirasida murosasozlik, ko'ngilchanlik xislatlari hukm surib, bu xislatlar yosh avlodda munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik illatlarini tarkib toptiradi.
4. "Anormal" tip. Oila a'zolaridan biri ichuvchi, alkogol, giyohvand, bangi bo'ladi. Bu holda oila a'zolarining o'zaro munosabatlari oila muhitini larzaga keltiradi va yosh avlod tarbiyasida salbiy iz qoldiradi. Bolalar juda qo'rqoq, asabiy yoki hech narsadan tab tortmas, axloqsiz bo'lib o'sadilar.
Ularda ruhiy kasalliklar ko'p uchraydi. Nazoratsiz qolgan bolalar ko'cha muhitining salbiy ta'siriga tushib qoladi, fe'1-atvorida salbiy illatlar shakllanadi. Oqibatda bunday yoshlarda yengil, mehnatsiz yashashga moyillik, ichish va chekish kabi yaramas odatlar shakllanadi.
Ayrim yosh kelin-kuyovlar xayol erkinligini o'zlaricha tushunib, nuklear oila sharoitining qulayligidan foydalanib, biri ikkinchisiga xiyonat qiladi, oqibatda bu oila buzilishiga olib keladi.Ayrim yoshlar ota-onasidan xahar olishni unutib, o'z farzandlik burchini bajarmaydilar. Mezalyans oilalarning ko'payishi ham ijobiy holdir. Masalan, shaharliklar bilan qishloqliklar, ishchi-dehqon hamda ziyolilar, turli millat kishilari orasidagi nikohni tushunish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |