Oilaning axloqiy asoslari Reja: Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi
Rossiya, Ukraina, Boltiqbo'yi davlatlarida axloqiy tarbiyaning saviyasi
Download 11.9 Kb.
|
Oilaning axloqiy asoslari Reja Oilada axloqiy munosabatlarning -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
3. Rossiya, Ukraina, Boltiqbo'yi davlatlarida axloqiy tarbiyaning saviyasi. Oilada to'g'ri olib borilgan axloqiy tarbiya yoshlarning keyingi hayotiga ko'rsatuvchi ta'sirlarni bilish juda muhimdir.
Chunonchi, ег-xotinning axloq-odobli bo'lishi, jinsiy tarbiya borasida nikohida bo'lgan odam bilangina jinsiy yaqinlik qilishni, jinsiy buzuqlik tanosil kasalliklari tarqalishini olib kelishi, ijtimoiy gigienik nuqtai nazardan abort qildirishni o'z ichiga oladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin fuqarolarning tijorat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga erkin chiqib kelishi natijasida ayrim ayollarning yengiltakligi, yengil hayot kechirishga moyilligi tufayli fohishabozlik, tanosil kasalliklar, nikohdan tashqari bola tug'ilishi kabi hodisalarning ro'y berish holatlari uchramoqda. Buning sababi Ovrupadagi ko'plab mamlakatda, jumladan Rossiyada, ayrim yoshlar erkak va ayol o'rtasidagi jinsiy aloqalarning mohiyati va maqsadi, oila qurishning mas'uliyati haqida diniy va milliy qadriyatlarni mensimay, e'tiborga olmay qoldilar. Agar yoshlar shu yo'ldan boraversalar, vaqti kelib ularning jinsiy ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan hayvoniy hirslar va ehtiroslarning hech qanday qonunlar va axloqiy mezonlar bilan cheklab bo'lmay qoladi. Quyidagi raqamlar fikrimizning dalilidir. 1993 yilda Moskva va Sankt-Peterburg maktablarida o'qiydigan yoshi hali 16 ga yetmagan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jinsiy aloqaga munosabat masalasida so'rovnoma o'tkazilgan. So'rov varaqasini to'ldirgan o'g'il bolalarning 38%, qizlarning 25% 16 yoshga yetmay jinsiy aloqada bo'lganligini tan olgan. 1995 yil o'tkazilgan so'rovda esa 16 yoshga yetmagan o'g'il bolalarning 50%, qizlarning 33% jinsiy aloqada bo'lganligi aniqlangan. 1997 yilda o'tkazilgan so'rovda 16 yoshga yetmagan o'g'il bolalarning jinsiy aloqada bo'lganlari otalariga nisbatan uch marta, qizlarda esa onalariga nisbatan 5-6 marta ko'p jinsiy aloqada bo'lganlar. Bu ko'rsatkichni hozirgi kunda qanday ekanligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, balog'atga yetmagan yoshlar o'z ota-onalariga nisbatan jinsiy aloqani juda erta boshlaganlar. Ulardan jinsiy aloqa oila qurish, farzand ko'rish singari maqsadlari bilan bog'lanmagan. So'rov varaqasini to'ldirgan qizlarning 50% dan ko'prog'i bir yoki ikki hafta oldin topishgan, yoxud umrida birinchi marta ko'rgan kishisi bilan jinsiy aloqada bo'lganligini e'tirof etishgan. Natijada Rossiyada 1992-1997 yillar orasida 16 yoshgacha bo'lgan yoshlarning venerik kasalliklarga chalinishi 51 marta oshgan. Oila harqarorligiga salbiy ta'sir etadigan bunday holatlar dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ko'paymoqda. Farzandlarni or-nomusli, xayoli, iffatli qilib tarbiyalash kerak, toki ular turmush qurganlarida ota-onalarining yuzlarini yerga qaratmasin. Ota-onalar, o'z farzandlariga nikoh muqaddas narsa ekanini, faqat nikohdan o'tib, o'z izzat-hurmati bilan iffatini, nomusini saqlagan holda tuzilgan oilagina baxtli bo'lishini tushuntirishimiz lozim. Kishilar oiladan tashqarida ham jinsiy hayot kechirishlari mumkin. Biroq bunday hayot muntazam va to'laqonli bo'lmaydi. U hamisha tasodifiy va tahlikali bo'ladi. Oiladan tashqarida jinsiy hayot kechirish axloqsizlik sifatida qoralanadi, shuning uchun ham zino qilganlar doimiy ra-vishda keng jamoatchilikning muhokamasi va tazyiqi ostida bo'lib, tahlikada yashaydilar, o'zlarini noqulay, his etadilar. Bunday hayot erkak va ayol ruhiyatida parokandalikni keltirib chiqaradi, ularning hayoti izdan chiqadi. Zino bilan shug'ullanib yuruvchilar ko'p hollarda yuqumli tanosil kasalliklarni tashuvchi manbaga aylanib qoladilar. Tashvishlanarlisi shundaki, zaxm (sifilis), suzak (go-norech) kabi tanosil kasalliklari o'zidan og'ir asoratlar qoldiradi: zaxm ona orqali homilaga o'tishi va majrux qilishi, suzak esa erkaklarni butunlay bepusht qilishini yoshlar bilishi lozim. Agar oila qurguncha tasodifiy jinsiy aloqada bo'lgan yigit va qiz bu kasallikni o'ziga yuqtirib olgan bo'lsa, unda birinchi aloqadayoq pok va begunoh bo'lgan turmush o'rtog'iga ham bu kasallikni yuqtiradi, bu bilan ularni cheksiz uqubatlarga mahkum etadi. Nazorat uchun savollar: 1. Axloq nima? 2. Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi? 3. O'zbek pilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni? 4.Chet elda axloqiy tarbiyaning saviyasi http://fayllar.org Download 11.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling