Oilaning hayot siklining bosqichlari Reja


Turli mualliflar nuktai-nazaridan oila bosqichlari taxlili


Download 74 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi74 Kb.
#1384705
1   2   3   4
Bog'liq
OILANING HAYOT SIKLI

Turli mualliflar nuktai-nazaridan oila bosqichlari taxlili
Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi. Oila a’zolari o’rtasida sodir bo’ladigan murakkab va serqirrali o’zaro munosabatlar ko’plab olimlar, shu jumladan, o’zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G’.Shoumarov, E.G’oziev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog’inov, F.Akramova, G.YAdgarova, N.Salaeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o’rganilgan. Ularda ko’proq o’zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o’rinda biz oilaviy o’zaro munosabatlarga xos bo’lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e’tiborni qaratgan ko’plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma’lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. SHu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar ob’ekti sifatida o’rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz.
Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o’rganganlardan biri rus olimi L.YA. Gozman (1987) hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraktsiya tushunchasini ishlatgan. 
Attraktsiya inglizcha attraction –tortilish,intilish so’zlaridan olingan bo’lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya’ni, diada – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraktsiya bilan bog’liqdir.
Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida: V. Satirning tizimli yondashuvi.Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o’rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funktsional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondoshuv XX asr o’rtalariga xos bo’lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo’nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o’rganishni boshlab berdi.


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling