Oilaviy baxt


Download 31 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi31 Kb.
#1656182
Bog'liq
Oilaviy baxt


Oilaviy baxt
“Balki men hayotda bir qancha xatoliklarga yo’l qo’yarman, lekin xech qachon sevib oila qurmayman !”. Ushbu gaplar Dizrayeliga tegishli bo’lib, bu qanchalar haqiqatga yaqinligini hikoyamiz davomida bilib olamiz.
Dizrayeli huddi aytganidek ham qildi. U 35 yoshida bo’ydoqligiga nuqta qo’yib, o’zidan 15 yosh katta beva ayolga uylandi. U bevaning 50 yil davomida sochlari oqargan, avvalgi chiroyidan asar ham qolmagandi. Sizningcha bu sevgimidi? Albatta yo’q. Dizrayeli unga boyligi uchun uylanayotganligini ayol juda ham yaxshi bilardi! Ayol Dirayeliga 1 yil mobaynida uni o’rganib chiqib, so’ng turmush qurush shartini qo’ydi. Muddat oxirida shartlashgan nikoh ham bo’lib o’tdi. 
Bularning hammasi g’alati jaranglayapti shunday emasmi? Lekin Dizrayelining turmushi kutilmagan tarzda eng baxtli oilalardan biriga aylandi. 
Dizrayeli tanlagan ayolning boyligidan boshqa xech narsasi yo’q edi, na chiroy va na aqli bor edi. Suhbat davomida u shunday kulgili xatoliklarga yo’l qo’yardiki, uning tarix va adabiyotdan umuman xabarsizligi shundoq ko’zga tashlanib turardi. U rimliklar va greklarning kelib chiqishini ham bilmasdi. Atir-upalarni uncha yaxshi tushunmas, xonani jihozlash bo’yicha ham didi maqtarlik emasdi. Lekin u oilaviy munosabatlar borasida ko’zga ko’ringan OLIMA edi-erkaklar bilan muomala qilish san’atini puxta egallagan edi.
Meri-En o’z intellektual imkoniyatlarini Dizrayeli bilan xech solishtirmasdi. Dizrayeli jiddiy, bosh og’riq maslislardan so’ng ayolining yengil-yelpi suhbatlaridan dam olardi. Uy deganda Dizrayelining ko’z oldiga ayoli Meri-En va ko’ngli xotirjamlik bilan to’ladigan makon gavdalanardi. Dizrayeli uchun kun sayin qarib borayotgan ayoli bilan o’tkazgan damlari eng baxtli onlar edi. Meri-En uning eng yaqin do’sti, maslahatchisi va tinglovchisi edi. Har kecha Dizrayeli ishlaridan charchagan holda ayoli oldiga shoshilar, kun davomida qilgan ishlari haqida tezroq gapirib bergisi kelar, hissiyotlari bilan bo’lishgisi kelardi. 
U har bir qilayotgan ishida Meri-Enning hamkorligini, daldalarini sezib turardi. Bu esa har biri inson uchun juda muhim ahamiyatga ega shunaday emasmi? Har bir inson hamsuhbati ko’zlarida tushunish, hamdardlik qidiradi shunday emasmi? Sizni tushunganlarida qanchalar yengil tortasiz? “Ey tushungan odammi...” juda chiroyli ibora shunday emasmi? Qarang xatto butunlay begona tilda suhbatlashuvchi insonlar bir-birlarini tushunadilar! Bir qarashingizda nima demoqchiligingizni ko’zlarini mo’ltillatib turgan hayvonlar tushunadilar. Nega aqlan va qalban yetuk ikki inson kelisha olmaydi? Balki g’urur va o’zgalar kamchiligini ko’ra bilish “fazilatlarimiz” ancha rivojlanib ketganmikan-a? Meri-En va Dizrayeli orasida munosabatlar ham ana shunday “tushunish” ga asosalangan edi.
Shunday damlar bo’lardiki, hammani oldida Meri-En kulgili xatoliklar yoki omilik qilib qo’yardi. Shunday paytlarda Dizrayeli unga xech nima demasdi. Uni xech qachon kamchiliklarini yuziga solib tanqid qilmasdi. Aksincha, atrofdagilardan shu kabi so’zlarni eshitib qolsa, jon-jaxdi bilan ayolini himoya qilardi. Biz o’zbeklarda esa qanday? Erkaklar ayollarini avval hammani oldida izza qiladi, so’ngra holi qolishganda ayol bechora yana dakki yeydi. Shu sizningcha to’g’rimi? To’g’rida erini hammani oldida izza qilmasin-da, deb o’ylagan o’quvchinig fikriga to’liq qo’shilaman. Lekin masalaning boshqa bir tarafiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. U ayoliga dakki berdi, bu bilan u atrofdagilarga oilada kim hukdorligini ko’rsatib qo’ydi (xayolida). Aslida esa qanday bo’ldi? Er-xotin orasida oqibat, hurmat yo’qligini namoyish qildi. Agar uning dakkisiga ayoli hammani oldida yanada omi javob qaytarsachi? Bunda nima bo’ladi? Tamosha davom etadi....ana sizga oiladagi oqibat!
“Oilaviy baxt- bu faqatgina o’zingizga mos insonni topish bilan chegaralinib qolmay, balki bir-birlariga baxtli bo’lishga halaqit bermaslikdir! ” –Leland faster Fud.
Demak siz oilada xotirjamlik va tushunish bo’lishini istasangiz o’zingiz ham hotirjam va tushunuvchan bo’ling! Juftingizning baxtli bo’lishiga halaqit bermang! Axir siz ham xuddi shu baxtga muhtojsizku shunday emasmi? 
Qoida:
Juftingizni qayta tarbiyalashga urinmang, uni borligicha qabul qiling!
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling