Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
TUSHKUNLIKDAN CHIQIB KETISHNING 23 USULI Ermatova Munojat Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 18-maktab psixologi Xozirgi globallashuv jarayonida tevarak atrofimizda informatsiya juda ko’p. ushbu jarayonlar inson psixikasida o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. Psixologlarning aniqlashicha hozirgi kunda stress, depressiya va tushkun holatlar 100 yil oldingi davrga qaraganda 99% ga ko’payib ketganushbu jarayonlar o’z vaqtida bartaraf etilmaganligi uchun suitsidal xatti-xarakatlar soni xam keskin ko’tarilgan. Inson tushkun holatdan chiqib ketishga ba’zida o‘zida kuch topadi, ba’zan esa bunga hafsala ham qilmaydi. Kichik muammolardan xalos bo‘lish yo‘llari tushkunlik bulutlari ortida ko‘rinmay qolgan chog‘da, inson eng avvalo o‘zini biror narsa bilan mashg‘ul qilishi, chalg‘itishi lozim. Aynan ushbu fikr dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan ilgari surilgan. Buni qarangki, tushkunlikdan sizu bizni xalos qilishi mumkin bo‘lgan yo‘llar juda ko‘p ekan. Ammo biz sizga taqdim etayotgan usul eng oddiy va eng samarali usullardan biri sanalar ekan. Buning uchun sizga oq qog‘oz, yozish va chizish uchun ruchka yoki qalam hamda boshqa bir nechta narsa kerak bo‘ladi. 1. O‘ta horg‘inmisiz, charchaganmisiz? Unday bo‘lsa, gullarning suratini chizing. 2. Kimdandir yoki nimadandir jahlingiz chiqayaptimi, o‘zingizni bosishga qiynalyapsizmi? Turli chiziqlarni chizing. 3. Agar biror a’zoingiz og‘riyotgan bo‘lsayu, sabr qilishga to‘g‘ri kelsa, biror buyumni yasashga harakat qiling. 4. Agar o‘ta zerikkan bo‘lsangiz, qo‘l ostingizdagi oq qog‘ozni turli mayda gullar bilan to‘ldiring. 5. Ma’yuslik ko‘nglingizni maxv etgan bo‘lsa, kamalakni chizing. 6. Biror nimadan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, to‘qish ipi yordamida makrame to‘qing yoki turli matolardan biror chiroyli narsani yasang. 7. Ko‘nglingizda vahima hissi bo‘lsa, qo‘g‘irchoq yasang. 8. Biror narsadan hijolatdamisiz, uyalyapsizmi? Qog‘ozni mayda bo‘laklab yirting. 9. Kuchli xavotirlanish vaqtida origami yasang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling