Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
berilgan qissadan hissada, ya’ni ota- bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida 
qoldirgan “Bо‘linganni bо‘ri yer” hikmatida о‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda 
maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan. 
“Chumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bо‘lib, unda chumoli 
timsoli orqali bolalar halollikka о‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik 
bо‘lishidan qat’iy nazar, sо‘rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat 
etiladi. Masalni о‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan 
yondashadilar, agar о‘zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni 
boshqa takrorlamaslikka о‘rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lо‘ndaligi, soddaligi, о‘tkirligi 
va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular о‘quvchilar nutqini о‘stirishda 
ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xattiharakatlari, fe’l-
atvorlari, nutqiy о‘ziga xosliklari о‘quvchining diqqatini о‘ziga jalb qiladi.
O.Qо‘chqorbekovning “Qaysar buzoqcha”, H.Yoqubovning “О‘jar Toshbaqa”, 
“Chumoli va Tipratikan”, “Chayondan sо‘radilar” kabi masallarning qahramonlari ham 
hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni 
tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 
buzoqchalar arqondan bо‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoquzoqlarga ketib qoladi. 
Qaysar buzoqcha ham tо‘dasidan ajralib, bо‘riga duch keladi, ya’ni kо‘ngilsiz voqea 
yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli 
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq 
idrok etishda о‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni 
sо‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga о‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi 
bosqichida rollarga bо‘lib о‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. 
Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning о‘ziga xos 
xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali о‘qishga tayyorlanishda uning 
syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
Aziz Abdurazzoq “Baqa bilan Taqa” masalida baqa timsoli orqali yozuvchi 
о‘ziga mos bо‘lmagan, о‘ziga tо‘g‘ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling