Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Фойдаланилган адабиётлар
1. Полина, Л.В. Особенности консультирования клиентов находящихся в
кризисе
семейных
отношений
Л.В
Полина
Вестник
Костромского
государственного университета им. А.Н. Некрасова. Н.В. Кузьмина, Н.П.
Фетискин. 2011.
2. Бондаренко А. Ф. Психологическая помощь: теория и практика.`М., 2010.
MASAL – ADABIY JANR SIFATIDA
Hamroboyeva Sevara Nematjonovna
Andijon viloyat Shaxrixon tuman 61-maktab psixologi
Annotatsiya. Maqolada masal janrining o‘ziga xos xususiyatlari, uning satirik
xarakterga ega ekani, axloqiy qarashlarni aks etilishi, insonga xos xususiyatlar majoziy
obrazlarga kо‘chirilishi aks ettirilgan.
Kalit so‘zlar: masal, majoziy obraz, satirik xarakter, liro-epik janr.
“Masal − axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks
ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va о‘simliklar dunyosiga
kо‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bо‘lishidan tashqari, kulgili savol-
javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Kо‘pincha masalning kirish qismida,
ba’zan pirovardida qissadan hissa − ibratli xulosa chiqariladi”
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli
hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va
yechimi bо‘lgan kichik pyesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli
tasvirlashda ajoyib namuna bо‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |