Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Shuningdek ovqat hazm qilish jarayonlari va ichki sekritsiya bezlarining faoliyati ham o’zgaradi. Emotsiyanal jarayonlar butun organzmning faoliyatiga ta’sir qiladi. Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi avvalo, bosh miya po’stida sodir bo’ladigan jarayondir. Bosh miya po’ti hissiyotlarning kuchli va barqarorligini idora qilib turadi. Yuksak hislar tufayli odamning tabiiy hislari ham ma’naviy tus oladi: bu hislar intellkt hislar ma’naviy hislar e’tetik hislarni ham o’z ichiga oladi. Odamlarning aqliy faoliyati bilan bog’liq hislar inteliktual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsizlik va shubxalanish intelektual hislar qatoriga kiradi. Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tug’ilganida, kashfiyot va oxtirolar qilinayotgan chog’da biror yangilikni bilish chog’ida paydo bo’ladi. Odam o’zlari yashab turgan jamiyat tomonidan qabul qilingan axloqiy tamoyillarni ado etishlari yoki buzishlari sababli odamlarda paydo bo’ladigan hislar ma’naviy yoki axloqiy hislar deb ataladi. Ma’naviy hislar axloqiy ongning eng umumiy asosiy qismi hisoblanadi. Axloq tushunchalarida elat, millat, jamiyat axloqining tarixi, buguni va uning kelajak yo’nalishlarini ham o’z ifodasini topadi. Axloq–odob qoidalari, urf– odatlar dunyoning turli xalqlarida turlicha bo’lishiga qaramay. Axloq tushunchalarini tushunishda umumiylik bor. Jamiyatning axloqiy yuksalishi insoniyatning manfaatlarini va ideallarini ifodalaydi. Odamlar chiroyli narsani ko’rganlarida, shu narsalarni tasavvur qilganlarida va ular to’g’risida fkr yuritganlarida ularda paydo bo’ladigan ijobiy hislarni estetik hislar deb ataymiz. Bizni qurshab olgan dunyo va undagi turmush hilma–xil namoyon bo’ladi. Shu sababli odamning hislari mazmuning boyligi bilan farq qiladi. Atrofimizdagi tabiat estetik hislarning birinchi va asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Quyoshning chiqishi va botishi, atrofdagi tog’larning kuzatish, daraxtzorlar oralab yurish, daryolarni ko’rganda inson g’oyat huzur qiladi. Bahor, yoz, kuz va qish faslidagi tabiat manzaralarining o’zgarib jilva qilib turishi estetik hislarni tug’diruvchi manbadir. san’at, musiqa, tassomlik, poeziya va shu kabilar ham esterik hislar manbaidir. San’at asarlari odamlarning ongiga asosan estetik hislar orqali ta’sir qiladi. Emotsiyanal kechinmalar va holatlarning hamma turlari har bir kishiga xosdir. Lekin ayni vaqtda har bir kishining emotsiyanal hayoti o’ziga xos hususiyatlarga ega. Shunday odamlar borki, ularda hislar sekinlik bilan tug’iladi, o’rcha kuch bilan o’tadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling