Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
harakatlarimizda namoyon bo’lishga intiladi. Salbiy hissiyotlar vujudga kelganda biz ijobiy fazilatlar bilan javob qaytarishga harakat qilishimiz kerak. Fkirlarimiz salbiy hissiyotlar ta’siriga tushib qolsa, hayotimizdagi biror yaxshi voqeani yoki bizga dalda bo’ladigan insonni eslashimiz kerak. O’rganilgan mavzular yuzasidan berilgan topshiriqlar ham ijtimoiy ko’nikmalarni amalyotda qullay olish, tuyg’ularni farqlash va ifodalay olishga yo’naltirilgan. Zero, hissiyotlarimizni shunchaki bostirmasdan ularga quloq solish, ularni anglash, boshqarish, yetuk insonga aylanish yo’lidagi eng muhim qadamlardir. Hayotda har xil vaziyatlar bo’lishi mumkin bo’ladi. Masalan: quvonchli va qayg’uli kunlar ham bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda inson hissiyotlarni boshqarishni o’rganish kerak. «Hissiyotlarga emas, aqlga tayanib ish qilish kerak» degan gaplarni eshitamiz. O’ta quvonganda yoki juda hafa bo’lganda qaror qabul qilmaslik kerak. Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan va fkr qilayotgan hodisalar va rasavvurlar, shuningdek bizning harakatlarimiz va qiliqlarimiz ta’siri bilan tug’iladi. Shunday qilib hissiyotlarning manbalari, bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak–atrofdagi voqelik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bizning ehtiyojlarimizdir. Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo’zg’alish va kuchlanish holatida yoki kishidagi hamma kuchlar g’ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo’shashgan holatda namoyon bo’ladi. Hissiyotlarni mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga bo’ladi. Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g’ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan: nihoyatda xursandlik, g’zablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g’ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan: G’am–g’ussa, mayuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar manashunday astenik hisiyotlardir. Emotsiyanal kechinmalar vaqtida nafas olish ham o’zgaradi. ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling