Oilaviy qadriyatlar psixalogiyasi
Download 18.81 Kb.
|
oilaviy qadriyatlar
"Oilaviy qadriyatlar psixalogiyasi " Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Bo‘lim mazkur institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida oila qadriyatlarini mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasi yo‘nalishida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boradi. Bo‘limning asosiy maqsadi davlat siyosatining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor strategik-ijtimoiy maqsadlarini, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga joriy etish, xususan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasidagi ilmiy-nazariy, uslubiy va axborot-tahliliy tadqiqot jarayonlari tashkil qilishdan iboratdir. Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari kuyidagilardan iborat: 1. Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 2. Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini ilmiy o‘rganish, "Obod va xavfsiz mahalla" tizimini o‘rnatishda oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajrashishlar va erta nikohlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini ilmiy o‘rganish; 3. Er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oila va nikohni saqlab qolishdagi o‘zaro masʼuliyatni taʼminlash, notinch va muammoli oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, ziddiyatli va nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash masalalarini ilmiy tadqiq etish; 4. Umuminsoniy va milliy-maʼnaviy oilaviy qadriyatlarni, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida mahallalarda va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash yuzasidan fundamental tadqiqotlari olib borish, “Zamonaviy namunali oila” andozasini yaratish; 5. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning psixologik asoslarini, oilaning psixologik moʻtadilligi muammolarini, xususan suitsid holatlarini yuzaga kelishining sabablarini ilmiy-nazariy tadqiq etish; 6. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy xududiy, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar, forumlar, festivallar, jumladan vebinar va internet makonlaridagi ilmiy muloqotlarni tashkil etish, innovatsion loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, AKT asosidagi taʼlim taʼminotini yaratish, oliy malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, shuningdek ilmiy xodimlar ilmiy va kasbiy kompetensiyalarini muntazam oshirib borish, ularning raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishlarini taʼminlash, malaka oshirish faoliyatini tashkil qilish. Bo‘limning funksiyalari kuyidagilardan iborat: Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1. Mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni taʼminlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; 2. Jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilani psixologik xizmatlar metodlari bilan qurollantirish, “Obod va havfsiz mahalla” tizimidagi yangi qadriyatlarni samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, sohaga doir tadqiqotlar, uslubiy qo‘llanma, risolalar va boshqa taʼlimiy, metodik va ilmiy materiallarni nashr qilish; 3. Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish; 4. Bo‘lim o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish, ularning doimiy va muntazam tarzda bo‘lishini taʼminlash va aloqalarni rivojlantirish; 5. Ommaviy axborot vositalarida, jumladan televideniye, radio va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, ilmiy qarashlar va yondashuvlarni, omma bilan ishlashning yangi innovatsion usul, vosita va yo‘llarini ommalashtirish, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish, bo‘lim faoliyatining institut veb-sayti va Internet jahon axborot tarmog‘idagi, shuningdek OAV da yoritilishini taʼminlash. Download 18.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling