I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari


Download 65.13 Kb.
bet1/11
Sana08.03.2023
Hajmi65.13 Kb.
#1249828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI OXIRGI



MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….......
I-BOB. MAVZUNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI…………………………
1.1 Mavzuga yondosh tushunchalarning qadimgi manbalaridagi talqini……………
1.2 Motiv va motivatsiya muammolarining xorij psixologiyasidagi tahlili…………
1.3 O’zbekiston psixologiyasida motivatsiya muammosining o’rganilganligi……...
Bob bo’yicha xulosa…………………………………………………………………
II-BOB MOTIVATSIYA TUSHUNCHASINI EKSPERIMINTAL JIHATDAN TADQIQ ETISH……………………………………………………………………
2.1Talabalik davrida o’quv faoliyatiga motivatsiyaning ta’sirini o’rganishning diagnostik asoslari……………………………………………………………………
2.2 Motivatsiya muammosini o’rganuvchi metodikalar tahlili……………………….
2.3 Talabalarda muvaffaqiyatga intilish motivining o’quv faoliyatiga ta’sirini o’rganish……………………………………………………………………………..
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………….
III-BOB TALABALIK DAVRIDA O’QUV FAOLIYATIGA MOTIVATSIYA-NI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI…………….
3.1 Talabalarning motivatsion imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan dasturning mohiyati……………………………………………………………………………...
3.2 O’smirlarda o’quv faoliyatiga motivatsiyani shakllantirishda psixologik trening dasturlari……………………………………………………………………………..
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………...
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida so’nggi yigirma yil vaqt davomida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Bu madaniy-marifiy mazmunga ega bo’lgan tub islohotlarning samarasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Ushbu islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad – O’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyat barpo etishdan iboratdir.
Ma’lumki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarning aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim ro’l o’ynaydi. Jamiyatda shaxning rivojlanishi bir qator ichki va tashqi omillarga bog’liq. Ayniqsa shaxsdagi mustahkam e’tiqod, dunyoqarash, tanqidiy fikrlash, o’zini-o’zi faollashtirishning tarkib topishi asosiy mezon sifatida ko’rsatiladi.
Darhaqiqat, O’zbekistonning kelajagi hozirgi kun yoshlari bo’lib, aqlan, axloqan kamoloti muhimdir. Ayniqsa ularning bilim cho’qillarini, kasb malakalrini egallashlari, jamiyat faoliyatiga faol kirib borishlari, o’zini o’zi faollashtirishlari jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ertangi kun davomchilari bo’lgan yoshlar nafaqat bilim cho’qqilarini egallabgina qolmasdan, balki o’zlari fidoiylik, Vatanga sadoqat, insoniylik tuyg’ularini shakllantirishlari lozim. O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lib o’z oldiga ezgu maqsad, kelajagi buyuk davlat barpo etish vazifasini qo’ygandan keyin sog’lom va barkamol insonni voyaga yetkazish muhim ustuvor yo’nalishga aylandi. Shuning uchun mamlakatimizdagi tarbiyaviy, tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalasining anashu ikki jihatini ham qamrab oladi. Milliy mustaqillik xalqimiz manfaatlari yo’lida mamlakat hayotining barcha jabhalarida keng ko’lamli tub islohotlarni amalga oshirish, davr talablariga monand ravishda modernizatsiya va innovatsiya jarayonlarini sobitqadamlik bilan ro’yobga chiqarish imkoniyatini bermoqda. Ushbu umumiy maqsadiga ko’ra milliy istiqlol asoslarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarning istiqbolga yo’naltirilgani jihatidan eng muhim yo’nalishi, shubhasiz, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi tizimini takomillashtirishga, mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlarni saqlash va ko’paytirishga qodir shaxslarni voyaga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada qo’llab quvvatlash bilan bog’liq. Zero Prezidentimiz Sh.M.Mirziyaev ta’biri bilan aytganda “Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz”1. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrda Oliy majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida bildirgan fikrlari fikrimizning isboti bo‘la oladi: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.Ushbu maqsad yo’lida yoshlarimiz o’z oldiga kata marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko’mak berish barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo’lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda, “Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g’oya asosida keng ko’lamli islohatlarni amalga oshiramiz. Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo’lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Darhaqiqat, mamlakatimiz taraqqiyoti bugungi yoshlarimiz, ayniqsa bo’lg’usi kadrlar-talabalarning chuqur bilim olishi, tafakkur dunyosining kengligi, mustaqil fikrlash qobiliyatiga bevosita bog’liqdir. Xususan, bugungi glaballashuv davrida talabalarning o’quv faoliyatini faollashtirishlari muhim ahamiyat kasb etadigan xususiyat hisoblanadi. Chunki ular o’quv faoliyatiga motivatsiyani shakllantirish orqali yangi bilim ,ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan bir qatorda, kelajakda katta marralarga erishishadi, jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shishadi. Demak talabalik davrida o’quv faoliyatini motivatsion faollashtirishning bugungi kundagi dolzarbligi hamda ahamiyati ham manashularda yaqqol aks etadi.

Download 65.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling