I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari


Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi


Download 65.13 Kb.
bet2/11
Sana08.03.2023
Hajmi65.13 Kb.
#1249828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI OXIRGI

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Xorij psixologlaridan Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivatsion ehtiyojlarini, K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexeterov, A.F.Lazurskiy, V.S.Merlin, A.A.Uxtomiskiy ,S.L.Rubishteyn, Akademik olim G.Ollport (ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab chiqqan), Amerikalik olimlar D.Makleland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar (muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi nazariyasida ilmiy ishlar va boshqalar bu muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borganlar), o’zbek psixologlaridan Davletshin, E.G’oziev, P.Sunnatov, Z.T.Nishonova va boshqalarning olib borgan ilmiy izlanishlarida aks etgan.
Tadqiqot predmeti. Talabalik davrida o’quv faoliyatida motivatsiyaning shakllanish jarayoni.
Tadqiqot ob’ekti. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti , pedagogika va psixologiya fakulteti 1-3-kurs talabalari (jami 60 nafar)
Tadqiqot ba’zasi. Toshkent shahar, Chilonzor tumani Pedagogika universiteti talabalari.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Talabalik davrida talabaning lokus nazorat shakli uning o’quv motivatsiyasiga ta’sir etadi, o’z navbatida o’quv motivatsiyalar esa ularning o’quv faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir etadi.
Tadqiqot vazifalari:
1.Shaxslararo motivatsiya muammosining nazariy adabiyotlarda o’rganilishi.
2.Tadqiqot metodikasini tanlash va eksperimintal modelni yaratish.
3.Talabalik davrida motivatsiyaning o’quv faoliyatiga ta’sirini o’rganish.
4.Psixologik trening dasturi yordamida talabalar o’quv faoliyatida motivatsiyani rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berish.
5.Talabalik davrida motivatsiyani uyg’otish va shakllantirishga qaratilgan xulosa va psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari:
1.Kuzatish.
2.T.Elersning muvafaqiyatga erishish motivatsiyasini tashxis qilish metodikasi.
3.S.R.Panteleev va V,V.Stolinning subektiv lokal nazoratning ustun turini aniqlash metodikasi.


Download 65.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling