I-bob. Mavzuning ilmiy nazariy asoslari


Download 65.13 Kb.
bet6/11
Sana08.03.2023
Hajmi65.13 Kb.
#1249828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI OXIRGI

Bob bo’yicha xulosa
Psixologiya fanida motivatsiyani shakllanishini o’rganishga qaratilgan tadqiqot ishimizning birinchi bobi muammoning nazariy jihatdan o’rganilishiga qaratilgan.Unda dastavval motivatsiya tushunchasining qadimgi manbalarda aks etgan xususiyatlari shu bilan birgalikda Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham bu tushunchaga alohida to’xtalib o’tilgan va hamda psixologik talqini bayon etilgan, muammo doirasida xorij psixologlari izlanishlarining tahlillari ham keltirib o’tilgan. Bundan ko’rishimiz mumkinki qadimgi manbalarda ham motivatsiyaga harkatga undovchi kuch sifatida keng targ’ib qilingan. Motivatsiyani hozirgi zamon bilan bog’lab uni o’quv faoliyatiga yo’naltirilganda olimlarimiz bir nechta turkumlarga ajratganligini ham ko’rishimiz mumkin: jumladan
a)obro’ga intilish
b)kasbga qiziqish
d) muvaffaqiyatga erishish

II-BOB MOTIVATSIYA TUSHUNCHASINI EKSPERIMINTAL JIHATDAN TADQIQ ETISH
2.1 Talabalik davrida o’quv faoliyatiga motivatsiyaning ta’sirini o’rganishning diagnostik asoslari
Motivatsiya kasbiy yo’nalganlikning muhim tarkibiy qismidir, chunki u odamning xulq-atvorini hayotiy kundalik vaziyatlarda belgilaydi. Motivatsiya shaxs tuzilishida yetakchi o’ringa ega va xulq-atvor, faoliyatni harakatga keltiruvchi kuchni aniqlashtirish uchun qo’llaniladigan asosiy tushunchalardan biridir. Bizning tadqiqotda ham motivatsiya “sub’ektni faollikka undovchi va uning yo’nalganligini aniqlovchi sabab” sifatida tushinildi.
N.P.Kalinina uchun shaxs rivojlanishida motivatsiya shakllanishi muhimdir.Inson hayoti davomida faoliyatning turli ko’rinishlariga kirishadi, bu jarayon unda motivlarning ierarxik tizimi shakllanishi va qayta qurilishi bilan uyg’un kichadi, shakllangan motivlar tizimi esa shaxsning asosini (negizini )tashkil etadi. Motivlar shaxsning mustahkam tarkibiy qismlari rolida namoyon bo’ladi. Shuning uchun shaxsni tavsiflashda ayrim tadqiqotchilar motivlar ierarxiyasida qanday motivlar dominant o’rinni egallashini aniqlashga urinadilar. Aynan shunday yo’l bilan shaxsning yo’nalganli va uning ma’naviy barqarorligini aniqlashga harakat qilindi.
Biz uchun motivlar va kasbiy faoliyat o’rtasidagi o’zaro aloqa muammosi doirasida ikkita jihat muhim, ko’rsatilgan muammoning birinchi jihati kasbiy faoliyat motivatsiyasining shakllanishi bilan bo’liq.
Avval ham takidlanganidek, kasbiy faoliyat motivatsiyasining shakllanishi qisqa muddatli jarayon emas Kasbiy motivlar, kasbiy yo’nalganlik o’rta maktabdagi ta’lim jarayonida vujudga keladi, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra ushbu asoslar maktabgacha yosh davridayoq shakllanadi. Biroq kasbiy motivatsiyaning ko’proq kuchli rivojlanishi bevosita kasbiy ta’lim davrida ro’y beradi. Shu o’rinda T.V.Kudryavsevning ta’kidlashicha, o’quv faoliyatida kasbiy faoliyat motivlari shakllantiriladi.
V.I.Kovalevning ta’kidlashicha, kasbiy faoliyat motivatsiyaning shakllanishi shunga olib keladiki, mutaxassis o’zining kasbini xuddi hayot tarzidek qabul qiladi, shu sababli unda bir qator ob’ektlarga, ko’pincha persepsiyaning alohida xususiyatiga o’zgacha munosabat shakllanadi. Shu tariqa kasbga yo’naltirish shaxs motivlarining barcha tizimlarini qayta qurib, nafaqat kasbiy faoliyat sohasi, balki odamning boshqa barcha hayotiy faoliyati sohalarida ham o’z aksini topadi.
T.V.Kudryavsevning ko’rsatishicha, shaxs motivatsion sohasining individual o’ziga xos rivojlanishiga qaramay, u yoki bu kasbiy faoliyat turini tanlovchi odamlarning shaxs sususiyatlari shakllanishining ba’zi umumiy jihatlari aniqlanishi mumkin.
Inson xulqi affektiv-kognitiv determinatsiyasi muammosini tahlil qila turib, kognitiv psixologiyaning boshqa mashhur vakili K.Xekxauzen shunday xulosaga keladiki, faoliyat determinatsiyasi kognitiv va affektiv jihatdan bir biri bilan chambarchas bog’liq ekan. U talaba o’spirinlarning ta’limini, faoliaytini motivatsiyalash haqida fikr yuritar ekan, insonlarning motivatsion omili sifatida ehtiyojlar, instinktlar, insonning fe’l-atvorlari, mayllari,qiziqishlari, o’qish jarayonida rag’batlantirish yoki jazolash, maqtov vatanbehni o’qish motivlarining asosi deb ta’riflagan.
A.N.Leontev motiv faoliyatning zaruriy predmeti deb ta’riflab, motivning inson faoliyatini yo’naltiradigan ashyoviy tabiatini e’tirof qiladi. Motivni affektiv va kognitiv ravishda tushunish psixologiya taraqqiyotida murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tib hozirgi vaqtda talabalrning o’qish motivatsiyasini diagnostika va korreksiyalash vazifalarini hal etishda boshlang’ich nuqta bo’lib qolishi kerak. Agar ijtimoiy motivlar ta’lim faoliyati uchun yetakchi hisoblansa, bir qator mualliflar ta’lim faoliyatiga nisbatan ularga tashqi motivlar sifatida qarashadi.
S.L.Rubinshteyn “ichki” va ”tashqi” degan tushunchalar bilan aloqador bo’lgan ikki toifa motivlarni ajratadi. Bu narsaning mazmuniga bo’lgan qiziqish va bo’lg’usida faoliyat bilan bo’liq narsaga nisbatan bevosita qiziqishdir.
G.V.Ikrin fikricha, ba’zi talabalar nazariy bilim olishga juda ham berilib, amaliy ishlarga ahamiyat bermaydilar. Ular ko’p bahs yuritadilar, lekin o’z fikrini amalda sinab ko’rishdan qo’rqadilar. Ularda umumlashtirish, mavhumlashtirish ustun turadi. Bunday guruh talabalari yaxshi gapiradilar, isbotlab beradilar, yakunlar yasaydilar. Ular aqliy faoliyat bilan ko’proq shug’ullanadilar. O’z bilimlarini mustaqil kengaytirishga harakat qiladilar, lekin nazariyani amaliyotga bog’lay olmaydilar. Bu guruhga ko’proq ijtimoiy fanlarga qiziquvchi talabalarini kiritish mumkin.
Ba’zi talabalarning esa, o’quv faoliyatida nazariya bilan amaliyotni qo’shib olib boruvchi bilimi kenga bo’ladi. Ular jamoa ishlarida faol, lekin bu guruhdagilar hamma narsaga baravar qiziqadilar. Ular alohida bir faoliyatga chuqurroq qiziqmaydilar. Bunday talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha faoliyat bilan shug’ullanib ko’rishadilar.
O’quv motivlarining xususiy muammolariga bag’ishlangan chet el kuzatuvchilari, asosan, E.Torndayk ta’siri ostidadir. Bu hol o’quv jarayoniga moyillik tug’diradigan kuchning xarakteri to’g’risida E.Torndayk aytgan ayrim holatlarning hali-hanuzgacha yangidan yangi tajribalarda sinovdan o’tkazilayotganida ham ko’rinadi. Yangi mualliflar u bildirgan fikrlarni yo tasdiqlashga yoki inkor etishga harakat qilmoqdalar. Albatta, bunda E.Torndayk qo’llagan izlanish va metodlar birmuncha o’zgargan, lekin muammoning qo’yilishi, qo’llanilayotgan ayrim usullar ko’proq E. Torndayk uslublariga yaqindir.
O’quv motivlari muammosi yuzasidan E.Torndayk bildirgan fikrlar bilan tanishmay turib, bizning bu haqdagi tasavvurimiz to’liq bo’lmaydi.
E.Torndayk o’quv masalalari bo’yicha ikkita kitob e’lon qilgan: “Insonda o’quv jarayoni” (1931 yilda rus tiliga tarjima qilingan ) hamda ingiliz tilidagi ”O’qish asoslari” (1932) kitobi.
“Insonda o’quv jarayoni” asari ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda E.Torndaykning ko’p sonli eksperimentlari (tajribalari) yoritilgan bo’lib, ikkinchi bo’limda uning o’quv jarayoni to’g’risidagi fikr mulohazalari berilgan. E.Torndayk tajribalarining alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan xarakterga ega ekanligidir: ular real o’quv jarayoni bilan juda oz darajada bog’langandir.
Amerikalik mualliflar ko’proq o’quv jarayoni anglab yetilgan motivlari bilan emas, balki ayrim jihatlari kamroq fahmlanadigan ko’rinishda bo’lib, o’quv jarayoniga mayl-istak uyg’otadigan muammoli o’qishni motivlashtirish masalalaribilan shug’ullanadilar. Bunday ilmiy ishlarning mualliflari, masalan, o’quvchining sonlarni yodlashiga, alohida xatti-harakatlariga qaysi psixologik jihatlar ta’sir ko’rsatishini o’rganadilar va shu yo’l orqali motivlashtirishning ayrim komponentlarini aniqlashga harakat qiladilar. Bu sohada ular E.Torndaykning izdoshlari hisoblanadilar.
E.Torndayk o’quv jarayonini shunday ta’riflaydi: “O’quv jarayoni u yoki bu javob reaksiyasining ma’lum holati bilan muayyan bog’liqlikda, ya’ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o’rtasida ma’lum aloqa o’rnatilishi bilan izohlanadi”.
Bunday umumiy ta’rif unga ushbu aloqaning xoh labirintdagi kalamushning harakatida, xoh insonning, aytaylik, sonlarni, ma’nosi yo’q bo’g’inlarni yod olayotganida yoki yumuq ko’z bilan chiziq chizayotganida xatti-harakatlarida qanday yuzaga chiqishini kuzatishga imkon beradi.
E.Torndayk ta’lim jarayoniga yuqoridagi aloqaning ayni qaysi jihatlari tezroq va kuchliroq ta’sir ko’rsatishini aniqlashni istaydi va takrorlash jarayonining navbatdagi yangi jarayon singari muhim ro’l o’ynamasligini kalamush, mushu, insonlar bilan o’tkazilgan tajribalar asosida isbotlashga intiladi.
E.Torndayk kishi o’zi xohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro’y-xushlikning hamda o’zi xohlagan reaksiyaga nisbatan moyillikning ta’sirini o’rganishga harakat qiladi va shunday xulosaga keladi: “Rag’batlantirish umuman o’ziga eltuvchi barcha aloqlarni yoqlash va kuchaytirish an’anasiga ega, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqqa o’zgartirish xususiyatiga egadir” ,-deb yozadi.
Shunday qilib, o’qish nazariyasida E.Torndayk real inson turli rejadagi o’z ehtiyojlari hamda talablari orqali amalga oshiradigan, uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblangan o’quv jarayoniga aloqador bo’lgan umumiy tarzdagi xulosalarga keladi va bu xulosalar, albatta, motivlashtirish nuqtai nazaridan mustahkamlshning alohida bitta tizimiga sig’maydi.
O’quv motivatsiyasining diagnostikasi va koreksiyasi muammosiga faol yondashuv, motivni o’qish faoliyatining tuzilish elementlari sifatida o’rganish imkoniyati va zaruratini yuzaga keltiradi.
O’quv motivatsiyasini diagnostika qilish, psixologik diagnostika muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar psixik jarayon yoki hodisalarning sifatiy xususiyatlarini diagnostika qilish asosiy maqsaddir, degan xulosaga kelishyapdi. Bu diagnostikani hisob-kitob bo’yicha ishlanadigan an’anaviy test tekshiruvlari natijasida olib bo’lmaydi. Hammaga ma’lumki, testlarni qo’llashning asosiy kamchilliklaridan biri ularning natijalari psixik jarayonning kesimi, ya’ni natijasini beradi, biroq ushbu jarayonni sifatiy jihatdan tahlil qilish imkonini bermaydi.
Hozirgi davrda o’quv motivatsiyasini diagnostika qilishning boshqa yo’llari tavsiya qilinyabdi: laboratoriya eksperementlari pedagagik tajribalari bilan (tabiiy diagnostika uslublarini qo’llash bilan), shuningdek, real o’quv jarayoni sharoitida o’quvchining ijtimoiy xulqini uzoq muddat o’rganish bilan to’ldirilishi mumkin (A.K.Markova).
O’quv motivatsiyasini diagnostika qilish uni o’tkazish uchun uslub tanlash tamoyillarini aniqlashtirishni talab qiladi. O’quv faoliyati motivatsiyasini diagnostika qilishda quydagilarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
1.Diagnostika tekshiruv predmeti bo’lgan ta’lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini belgilash.
2.Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash, bevosita – loyihaviy va bilvosita – ta’lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini diagnostika qilishga yo’naltirilgan uslublar.
3.Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatkichlarga bo’lgan diagnostika imkoniyatlarini aniqlash.
4.Mazkur metodika asoslangan va natijalarni namoyon qilish chog’ida hisobga olinadigan nazariyani-uslubning metodologik asosni hisobga olish.
5.Metodika matnlarining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi.
6.O’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
7.Diagnostikani o’tkazish vaziyatining diagnostika maqsadlariga muvofiqligi.
Yuqorida keltirilgan ta’lim motivatsiyasini diagnostika qilish usuli biz o’rganayotgan muammoni yanada chuqurroq tekshirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Agar ijtimoiy motivlar ham ta’lim faoliyati uchun yetakchi hisoblansa, bir qator mualliflar (P.Ya.Galperin va boshqalar) ta’lim faoliyatiga nisbatan ularga tashqi motivlar sifatida qaraydilar.
S.L.Rubinshteyn (1946) “ichki” va “tashqi” degan tushunchalar bilan aloqador bo’gan ikki toifa motivlarni ajratadi. Bular – narsaning mazmuniga bo’lgan qiziqish (bevosita) va bo’g’usi faoliyat bilan bog’liq bo’lgan narsaga bo’lgan narsaga nisbatan bilvosita qiziqishdir.
P.Ya.Galperinning fikricha, tashqi motivlar ta’lim jarayoni pretmetiga nisbatan “amaliy” munosabatda namoyon bo’ladi, bunda bilim keying faoliyat uchun tashqi shart-sharoit sifatida qaraladi, ichki ta’limga bo’lgan barqaror qiziqish bilan bog’liqdir. Tashqi motivlar ichida aynan tashqi yoki utilitar motivlar (bunda harakatning shakllanishi, sub’ekti moyil bo’lgan faoliyatni amalga oshiradigan shart-sharoit hisoblanadi) va musobaqaviy motivlar ajratiladi. Bunda sub’ekt: a) o’z-o’ziga ; b) o’zining oldingi muvaffaqiyatlariga qiyoslagan holda yangi yutuqlar orqali o’z-o’ziga intiladi.
P.M.Yakobson ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ijobiy yoki salbiy motivlarni tashqi motivlar sifatida ta’riflab, ta’lim jarayoniga singdirilgan motivlarni esa ichki motivlar, deb hisoblaydi.
Ammo bir qator zamonaviy tadqiqot mualliflari, bizningcha, mazkur motivlarning o’qish sharoiti uchun ahamiyatini tushunishdan kelib chiqqan holda, o’qishning ijtimoiy motivlariga nisbatan “tashqi” degan termini ishlatishdan qochadilar. Masalan, A.K.Markova bilish motivlari ichida keng ta’limiy (yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan), o’quv-bilim (bilim olish usullarini egallashga yo’naltirilgan) motivlarni farqlaydi.



Download 65.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling